TEMPERATURA
TEMPERATURA (lot. temperatura — zarur siljish, oʻlchamdorlik, normal holat) — makroskopik tizimning termodinamik muvozanat holatini xarakterlovchi asosiy parametrlardan biri. Termodinamik muvozanat holatida turgan tizimning barcha qismlarining Temperaturasi bir xil boʻladi. Agar tizim muvozanat holatdan chiqarilsa, uning issiqroq qismlaridan sovuqroq qismlariga issiqlik uzatilishi natijasida maʼlum vaqgdan soʻng tizimning hamma qismlarida Temperaturaning tenglashishi vujudga kelib, termodinamik muvozanat holatiga qaytadi.
Ensiklopediya.uz
TEMPERATURA