TEMIROVA
TEMIROVA Muyassar (1941.2.2, Buxoro tumani Shergiron qishlogʻi) — zardoʻz, Oʻzbekiston Qaxramoni (1995), Oʻzbekiston xalq rassomi (1972). 1959-y. dan Buxoro zardoʻzlik fkasi (hoz. Buxoro «Zardoʻz» aksiyadorlik jamiyamu) aa usta, sex boshligʻi, boʻlim boshligʻi; 1994-y. dan yuksak badiiy buyumlar tayyorlash boʻlimining katta ustasi. Zardoʻz M. Ahmedovaga shogird tushib, anʼanaviy zardoʻzlik sanʼatini puxta egalladi. Temirova egallagan malakasini ish faoliyatida mahorat bilan qoʻllab, zardoʻzlik sanʼatini nozik did bilan tayyorlangan sanʼat durdonalari bilan boyitdi: anʼanaviy zardoʻzi buyumlar (doʻppi, toʻn, kavush va b.) uchun yangi naqsh mujassamotlar yaratdi. Temirova ayollarning zardoʻzi libosi majmuini tayyorladi (1970, Yaponiya EKSPO 70 koʻrgazmasida namoyish etilgan), yangi zamonaviy badiiy buyumlar ijod etdi; yirik zardoʻzi namoyonlar yaratishga boshchilik qildi va bu sohada faol ijodiy faoliyat olib bordi. Jumladan, Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorai kalon, Alisher Navoiyning 525-yilligiga bagʻishlangan zardoʻzi namoyonlar, Xalqlar Doʻstligi va «Turkiston» sanʼat saroilarining zardoʻzi pardalari va b. T. Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻi va gerbi, Oʻzbekistondagi tarixiy shaxslarning zardoʻzi portretini yuksak mahorat ila yaratdi.
Ensiklopediya.uz
TEMIROVA