TEMIR QOZIQ
TEMIR QOZIQ, Oltin qoziq, Qutb yulduzi — Kichik Ayiq yulduz turkumining eng ravshan yulduzi. Yer osmonida Shim. qutbga eng yaqin joylashgan yulduz boʻlib, qutbgacha taxm. G Mb masofada joylashgan. Osmondagi barcha yulduzlar Shim. qutb atrofida sharkdan gʻarbga tomon koʻrinma harakatlanib (Yer oʻz oʻqi atrofida gʻarbdan sharqqa tomon aylanishi tufayli), qutb atrofida konsentrik aylanalar chizadi. Temir qoziq yulduzi qutbga juda yaqin boʻlganidan yulduzlar goʻyo uni atrofida aylanganidek va bunda u qoʻzgʻalmay turgandek tuyuladi. Shu bois unga Temir qoziq (Oltin qoziq, Qutb yulduzi) deb nom berilgan. Temir qoziqni Katta Ayiq (Yetti Qaroqchi) yulduz turkumi «choʻmichi» orqali oson topish mumkin.
Ensiklopediya.uz
TEMIR QOZIQ