TEMIR OKSIDLARI
TEMIR OKSIDLARI — temirning kislorod bilan birikmalari: temir (II) oksid — GʻyeO, temir (Sh)oksid — Gʻye2O3 va temir (II, Sh)oksid — Gʻye3O4. T. o. temirning oksidlanishidan hosil boʻladi (q. Temir). Tabiiy Temir oksidlari (gematit Gʻye2O3, magnitit Gʻye3O4 minerallari) temir olish uchun xom ashyo hisoblanadi (q. Temirrudalari). Temir oksidlari pigment (temirli surik) sifatida ishlatiladi; ferromagnit Temir oksidlari (Gʻye3O4, u — Gʻye2O3) magnit materiallar ishlab chiqarish. da qoʻllanadi. Temir oksidlaridan tashqari temir gidroksidlari ham maʼlum. Temir (P)gidr oksid (GʻyeON)2 — 2 valentli temirning tuzlariga ishqorlar taʼsir ettirilganda hosil boʻladi; tezda oksidlanib, (GʻyeOON)ga aylanadi. Suvda erimaydi, kislotalar va ishqorlarda eriydi. Te mir (Ill)r i droke id (GʻyeON)3 — qizgʻishjigarrang modda, kucheiz asos, amfoter. Ishqorlar bilan qoʻshib suyuklantirilsa, f ye r ritlar deb nomlanadigan tuzlar, mas., NaFeO2 hosil boʻladi. (GʻyeON)3 gazlarni tozalashda yutuvchi massa komponenti, organik sintezda katalizator sifatida qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
TEMIR OKSIDLARI