“Temir daftar”ga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatish to’liq malumot oling
Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatlar asosida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam berilishi mumkin.
Ushbu bir martalik moddiy yordamni to‘lash uchun:
a) fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda, oilalarning ehtiyojmandlik darajasidan kelib chiqib, shuningdek, kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, jumladan, og‘ir ahvoldagi kasallarni davolash, jarrohlik amaliyotini o‘tkazish, zarur dori-darmonlarni xarid qilish, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish, texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar oqibatida uy-joyidan ayrilib qolgan oilalarga yashash uchun zarur boshpana qilib berish, ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir oilalarning farzandlariga maktabga borishiga zarur kiyim-bosh sotib olish uchun zudlik bilan yordam ko‘rsatish lozimligi to‘g‘risida xulosaga kelingan «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga (har bir fuqaroning familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami ko‘rsatilgan holda) bir martalik moddiy yordam berish miqdorlari ko‘rsatilgan ro‘yxat tuman (shahar) hokimligiga taqdim etiladi;
b) tuman (shahar) hokimligi:
«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasining daromadlari prognozidan kelib chiqib tuman (shahar) moliya bo‘limi bilan kelishgan holda «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordamni oyma-oy to‘lash grafigini shakllantiradi hamda tuman (shahar) xalq deputatlari Kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi. Bunda tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigining nusxasi fuqarolar yig‘inlariga ham taqdim etiladi;
xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining sessiyalari oralig‘idagi davrda fuqarolar yig‘inlari tomonidan sektorlar rahbarlari bilan kelishgan holda taqdim etilgan ro‘yxatga muvofiq mazkur bandning «a» kichik bandida nazarda tutilgan kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish lozimligi to‘g‘risidagi xulosaga asosan «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga bir martalik moddiy yordam bir ish kunida tuman (shahar) hokimlari qarorlari bilan beriladi. Hokimlarning mazkur qarorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining navbatdagi sessiyasida tasdiqlanadi;
tasdiqlangan grafikka asosan har oyning 5-kuniga qadar fuqarolar yig‘inlari, sektorlar rahbarlari bilan kelishilgan ro‘yxatlar asosida to‘lov vedomostlarini shakllantirib, tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga taqdim etadi;
b1) «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlari uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar har oyning 5 sanasiga qadar, mazkur bandning «a» kichik bandida nazarda tutilgan kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda, zudlik bilan yordam ko‘rsatish lozimligi to‘g‘risidagi hokim qarori qabul qilinganidan keyin bir ish kunida xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tegishli bo‘limiga (filialiga) o‘tkaziladi;
v) tuman (shahar) mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limlari tasdiqlangan oyma-oy to‘lash grafigi hamda to‘lov vedomostlari asosida «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarga «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bir martalik moddiy yordam to‘lovlarini har oyning 5 — 27-kunlarida, mazkur bandning «a» kichik bandida nazarda tutilgan kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda zudlik bilan yordam ko‘rsatish lozimligi to‘g‘risidagi hokim qarori qabul qilinganidan keyin bir ish kunida amalga oshiradi.
Oyning oxirida vedomostlar yopiladi, har oyning 27 kuniga qadar tayinlangan, biroq, talab qilib olinmagan moddiy yordam to‘lovlari har oyning oxirida «Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasiga qaytariladi. Vedomostning bir nusxasi sektorlar rahbarlariga taqdim etiladi;
d) tuman (shahar) sektorlar shtabi kotibi muhtoj oilalarga to‘langan bir martalik moddiy yordam to‘g‘risidagi ma’lumotlarni «saxovat.argos.uz» axborot tizimiga kiritadi.
«Temir daftar»ga kiritilgan uy-joyini ta’mirlashga muhtoj oilalarga ko‘maklashish sektor rahbari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Bir martalik moddiy yordam ajratish kalendarь yil davomida bir marta amalga oshiriladi.
Foydali Maslahatlar
“Temir daftar”ga kiritilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam ko‘rsatish