TELUGU ADABIYOTI

TELUGU ADABIYOTI

TELUGU ADABIYOTItelugu (andxra) xalqining adabiyoti. Telugu tili 1ming yilliklarda shakllana boshlagan. Birinchi yozma yodgorliklar toshlarga oʻyib yozilgan «shasana» yozuvlaridir. Telugu tilidagi eng qad. yozuv 575-y. ga oid. 7—8-a. larga tegishli yozuvlar juda kam saklangan. Shasana yozuvlaridagi birinchi sheʼriy asar 9-a., telugu tilidagi birinchi sheʼr esa 849-y. ga taallukli. Padma (10-a.) teluguda «Jinendra haqida parana» nomli oʻz ustozi haqida asar yaratgan. «Mahabharatatmnt Nannaya Bhatta (11-a.) tomonidan telugu tiliga tarjima qilingan nusxasi — «Andhra Mahabharata» T. a. ning ilk namunasidir. Sarvadeva esa jaynizm goyasi bilan sugorilgan 2 ta: «Adi puranam» («Azaliyat haqida doston») hamda «Viratamu» («Virat haqida asar») dostonlarini yozgan. Pavuluru Mallaning «Pavuluganitama» («Matematika», 12-a.) traktati bir necha ming sheʼriy misralardan iborat. Shu davrda «lakshanagrantxamu» — «sheʼriyat haqida traktat»lar (Mallaya Rechana — «Kavijanashrayamu»si, Gokarna Devaning traktatlari) yaratildi. 12-a. T. a. da Palkurika Somnahta (13-a.)ning «Anubhavasaram» («Bilish ilmi asoslari»), «Basava paranam» («Basava haqida qissa») hamda «Panditaradhya — charitamu» («Avliyo pandit haqida qissa») qahramonlik dostonlari paydo boʻldi. 14—15-a. larda telugu tilida koʻpgina sanskrit asarlarining — puranlar, matematikaga oid asarlar, sheʼriy asarlar, ertak va masallarning tarjimalari yaratildi. 16-a. shoir va yozuvchilaridan Shrinath, Bammer Potana, Krishnadev Ray, Alasani Peddana telugu sheʼriyatining rivojiga katta hissa qoʻshganlar. 18-a. sheʼriyati bhaktshoir Vemana shatakamulari bilan mashhur.

Ensiklopediya.uz
TELUGU ADABIYOTI