Televizor zararlari to’liq malumot oling

Televizor zararlari to’liq malumot oling

Televizor zararlari

♻️ Ko‘pchiligimiz televizorlarsiz hayotimizni tassavur qila olmaymiz. Soatlab televizor qarshisida o‘tirib, sevimli kinolarimizni va dasturlarimizni tomosha qilamiz. Lekin televizor ko‘rish qanchalik foydali va qanchalik zarar ekanligi haqida xech o‘ylab ko‘rganmisiz? Quyida sizlar uchun bu haqida o‘zimizning xolisona fikrlar, siz ham o‘zingizniki bilan o‘rtoqlashing.

Maslahatlar:

🔸 Televizor reklamalar bilan insonni manqurt qilib qo‘yadi.Agarda siz reklama faqatgina aqlsiz va omi insonlarga ta’sir o‘tkazadi holos, deb o‘ylasangiz, siz yanglishasiz. Korporatsiyalar aynan ularning mahsulotlarini reklama orqali isete’molchiga sota olishlariga ko‘zlari yetmaganda edi, trillionlab dollarlarini reklama yo‘lida sarflamagan bo‘lar edilar.

🔸 Televizor munosabatlarni buzadi.Televizor orqali ko‘rayotganlaringizni barchasi haqiqat emasdir. Siz qayg‘urayotgan qahramonlarni aslida, ofislarda o‘tirib, senariylar yozayotgan insonlar tomonidan o‘ylab topiladi. To‘qima qahramonlarni o‘ylab o‘tirgandan, siz yaxshisi atrofingizni kim o‘rab turgani bilan qiziqing. Kuningizni yaqin insonlaringiz bilan o‘tkazing, ularga e’tiboringizni ajrating. Hech qachon unutmangki, siz ularga va ular sizga muhtojdirlar.

🔸 Televizor psixik quvvatingizni o‘g‘irlaydi. Toki televizoringiz yoqiq ekan, sizning hayolingiz uning changalida asirdadir. Bu shuni bildiradiki, sizning psixologik energiyangiz unga qaratilgan va siz uni boshqara olmaysiz.

🔸 Televizor pul turadi. Siz o‘ylaysizki, Televizor sizga arzonga tushmoqda. U holda bir hisoblab ko‘ring, elektr quvvatiga, DVD qurulmalariga, kabel televideniyalariga qancha pul sarflamoqdasiz?

🔸 Televizor sizning ongingizga ta’sir o‘tkazadi. Televizor hayotni soddalashtiradi. Agarda sizni butun bir davlat yoki bir uyushgan jinoyatchilar guruhi quvlab kelishayotgan bo‘lsalar ham, shu voqea so‘ngida sizni Bahtli Nihoya kutib turibdi, deya ishontira oladi. Bu sizni har tomonlama fikrlashingizni sustlashtiradi. Sizga haqiqiy hayotda uchraydigan muammolar osonlikcha o‘z yechimini topa oladigan tuyuladi. Siz har hil holatlardan qanday qilib chiqib ketish yo‘lini o‘ylashga ham dangasalik qilib qolasiz va standart holatlarda ham yechim topa olmaysiz.

🔸 Televizor sog‘ligingizga ham ta’sir ko‘rsatadi. Uning qarshisida zuoq o‘tirish, nafaqat sizning ko‘z nuringizga ta’sir qiladi, balki figurangiz buzilishiga ham sabab bo‘ladi. Divan, televizor va yegulik – bu uchlik semirishga keng yo‘l ochuvchi holatdir.

🔸 Televizor ko‘rish uchun qancha vaqtingizni sarflaysiz? Unga ketkazgan vaqtingizni boshqa biror bir foydali narsaga sarflasangizchi? Masalan, o‘zingiz yoqtirgan ishga, kitob o‘qishga, yoki d’ostlaringiz bilan ko‘rishishga. Dunyoda shunchalar qiziq narsalar ko‘pki, ular millionlab tele dasturlar va kinolardan qiziqdir.

Boshqa mavzular
Televizor zararlari