TELEVIZION TELESKOP

TELEVIZION TELESKOP

TELEVIZION TELESKOP — kuzatiladigan osmon yoritqichlarining tasviri teleskop texnika yordamida hosil qilinadigan astronomik qurilma. Birinchi marta 20-a. 50y. lari oʻrtalarida Oy va sayyoralarni, keyinchalik esa Yer sunʼiy yoʻldoshlari va b. kosmik obyekt (galaktika, tumanlik) larni kuzatishda qoʻllana boshladi. Televizion teleskop optik teleskota oʻrnatilgan uzatuvchi televizion trubka (superortikon, izokon, vidikon), videokuchaytirgich, aloka kanali va qabul qiluvchi televizion trubka (kineskop) dan iborat. Televizion teleskop spektrning ultrabinafsha, koʻrinma va infraqizil diapazonlarida ishlashi va kosmik obyekt tasvirini uzok, masofaga (kabel yoki efir orqali) uzata olishi bilan boshka nur qabul qiluvchi vositalar (fotoplastinka, fotoelement)dan ustun turadi. Olingan videosignallarni qayta ishlashda avtomatik asboblardan foydalaniladi. Televizion teleskop birinchi marta 1952-y. Oyni (Buyuk Britaniya) va 1954-y. Marsni (AQSH) kuzatishda qoʻllanildi. Pulkovo rasadxonasida Televizion teleskop bilan 1956-y. dan boshlab Oy tadqiq qilingan. Oʻzbekiston FA Astronomiya intida Televizion teleskop yoʻq. Bu yerda zaryad alokasiga asoslangan matritsali Quyosh teleskopi (PZS) ishlab turibdi (2004).

Ensiklopediya.uz
TELEVIZION TELESKOP