TELEMETRIYA
TELEMETRIYA (tele… va… metriya) — kuchlanish, tok kuchi, quvvat, bosim, tra, sath, uchish balandligi, organizmnng biol. koʻrsatkichlari, meteorologik maʼlumotlar va b. kattaliklarni telemexanika vositalari orqali masofadan turib oʻlchash. Bevosita oʻlchash ishlari datchik yordamida amalga oshiriladi; olingan maʼlumotlar avtomatik tarzda (odatda kodlangan radiosignallar koʻrinishida) aloqa kanallari boʻyicha qabul qilish qurilmasiga uzatiladi. Bu yerda maʼlumotlar qayd qilinib, ishlab chiqiladi. Radiokanal boʻyicha amalga oshiriladigan Telemetriya radiotelemetriya deb ataladi. Telemetriya meteorologiya, tibbiyot, kosmonavtika, energetika va b. sohalarda qoʻllanadi.
Ensiklopediya.uz
TELEMETRIYA