Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi? to’liq malumot oling
Telegraph — kanalimiz uchun maqolalarni yaratish va bezatish uchun juda qulay va sodda platforma. Har bir kanal admini ushbu xizmatdan foydalanishni bilishi lozim. Biroq undan aynan qachon foydalangan ma’qul?
Telegraph’da qachon maqola chiqargan ma’qul
1. Maqola uzun chiqqanida, ya’ni — longread.
2. Maqolada turli abzatslar uchun mos tarzda bir nechta rasmlarni qo‘llash lozim bo‘lganida.
3. Maqolada video yoki bir nechta videolarni qo‘llash lozim bo‘lganida.
4. Shunchaki Telegraph’da maqola nashr qilish istagi paydo bo‘lganida.
Yodda tuting! Telegraph’da maqolalarni nashr qilganda obunachilarning bir qismi uni o‘qimasligi mumkin. Albatta, ko‘p narsa kontent va yo‘nalishga bog‘liq. Agar bu mualliflik kanali yoki ishonish qiyin bo‘lgan daromadning va’dasi yoki boshqa qichqiruvchi sarlavhali maqola bo‘lsa, unda uni o‘qilishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Agarda kanal, masalan, yangiliklar haqida bo‘lsa, unda auditoriyaning bir qismi maqolani o‘qishmaydi, chunki insonlar barcha yangiliklarni emas, balki o‘zlariga yaqin bo‘lgan mavzulardagisini o‘qishadi.
Telegraph qanday ulanadi va foydalaniladi?
Xizmatni ulash juda oson:
1. @telegraph botini START tugmasini bosgan holda ishga tushiring
2. Log in as @username on this device’ga bosing (ushbu qurilmada @username sifatida tizimga kirish). Telegraph’da nashr qilingan maqola akkautga biriktiriladi va faqat u orqaligina tahrirlanishi mumkin. Bu esa juda muhim.
Telegraph’dan foydalanish ham oson:
1. Title — maqola sarlavhasini kiriting.
2. Ism, kanal username’i, kanal nomi va kanalga to‘liq havolani ko‘rsating. Maqolamizdagi kabi (IT-specialist) kanal nomlanishi+havolasini ko‘rsatib o‘tishingizni tavsiya etamiz. Shunday qilib sizning kanalingizga hali obuna bo‘lishga ulgurmaganlar uchun obuna bo‘lish imkoni hosil bo‘ladi.
3. Your story maydonini matn, video, rasmlar bilan to‘ldiring.
4. PUBLISH tugmasini bosing. Agar nimanidir qo‘shimcha qilib kiritish lozim bo‘lsa, EDIT tugmasini bosasiz (buni istalgan paytda amalga oshirish mumkin).
Telegraph’da matn qanday bezatiladi?
Telegraph’da matn bilan juda oddiy, lekin shu bilan birga juda qulay bezatishni amalga oshirish mumkin. Bular esa quyidalar:
1. Matnni qalin ko‘rinishda keltirish.
2. Matnni kursiv ko‘rinishda keltirish.
3. Matnga havolani biriktirish.
4. Harflarni katta ko‘rinishda keltirish.
5. Harflarni o‘rta o‘lchamli ko‘rinishda keltirish.
6. Belgilangan matnni “Sitata” ko‘rinishida keltirish.
ControllerBot orqali nashr qilsangiz va “Прикрепить фото” funksiyasi yordamida o‘z rasmingizni qo‘shsangiz, Instant View havolasi g‘oyib bo‘ladi. Buni yodda tuting!
Bu va boshqa maqolalarni kanalimizda kuzatib boring: @itspecuz
Boshqa mavzular
Telegraph nima? Undan qanday foydalaniladi?