Telegramda savdo-sotiq boti yaratishning tez va oson uslubi

Telegramda savdo-sotiq boti yaratishning tez va oson uslubi

Telegramda savdo-sotiq boti yaratishning tez va oson uslubi

Ushbu maqolada dasturlash ko’nikmasisiz va ularni ishga solmasdan qanday qilib savdo-sotiq uchun telegram botini yaratish mumkin bo’lgan konstruktorlarini ko’rib chiqamiz. Aslida bunday konstruktorlar juda ko’p va har birining o’zining ustunliklari va kamchiliklari bor albatta, lekin men qisqa va londa tushuntirishga xarakat qilaman.

1. Botobot.ru

Botobot — faqat savdo-sotiq yaratish uchun mo’ljallanga servis. Bot foydalanuvchilariga postlar jo’natish, bot orqali chat, CRM sistemalarga ulanish, istalgan saytlarni ulash uchun API, mahsulotlarni Excel fayl orqali yuklash mumkin. Mobil versiyasi mavjud.

Narhlar: bepul tarifi mavjud, faqat mahsulotlar soni chegaralangan — 20ta, va ushbu tarifda servis reklamasi (Bot Botobot orqali yaratilganligi haqida) mavjud bo’ladi (Pullik tariflarda reklama o’chadi). Eng arzon tarifi 320 Rossiya rublida oyiga.

2. Puzzlebot.top

Puzzlebot — deyarli istalgan ko’rinishdagi botni yaratish mumkin bo’lgan juda kuchli servis, lekin funksiyalarning ko’pligidan ozgina chalkashish mumkin. Savdo-sotiq uchun barcha funksiyalarga ega. Istalgan saytlar bilan bog’lash mumkin. Mobil versiyasi mavjud va qulay.

Narhlar: bepul tarifi mavjud, faqat ushbu tarifda ko’p narsa chegaralangan — foydalanuvchilar soni 150ta, haridlardan keladigan mablag’ — 1 500 Rossiya rublida. Bepul tarifida servis reklamasi mavjud. Eng arzon tarifi 690 Rossiya rublida

3. Botifi.me

Botifi — savdo-sotiq boti yaratish uchun moslashgan servis. Bu servisning eng qulay taraflaridan biri O’zbekistonda faoliyat yurituvchi kompaniya tomonidan yaratilgan va to’lov O’zbekiston so’mida (Uzcard, Humo). Savdo boti uchun yetarli funksiyalariga ega, tushunarli va qulay boshqaruv paneliga ega, foydalanuvchilar bilan bot orqali chat, CRM sistemalari bilan va istalgan saytlar bilan bog’lash uchun API, mahsulotlarni Excel fayli orqali yuklash mumkin. Mobil versiyaga ega. PayMe va Click orqali to’lovlarni qabul qilish mumkin

Narhlar: bepul tarifga ega, faqat ushbu tarifda faqatgina mahsulotlar soni bilan chegaralangan — 15ta. Bepul tarifda servis reklamasi mavjud. Eng arzon tarifi 59 000 so’m oyiga.

4. Botcommerce.io

Botcommerce — yana bir ozimizda faoliyat yurituvchi servis. To’lov O’zbekiston so’mida. Savdo boti yaratish uchun mos funksiyalarga ega. Noqulay taraflari: CRM lar bilan bog’lash, istalgan sayt bilan bog’lash uchun API, boshqaruv paneli yetarlicha qulayliklarga emas, mahsulotlar faqat qoldan qoshiladi va Excel orqali yuklash mumkin emas.

Narhlar: bepul tarif mavjud emas, eng arzon tarif 15 AQSH dollar oyiga

Telekommunikatsiya
Telegramda savdo-sotiq boti yaratishning tez va oson uslubi