Telegramda pul topish sirlari. Qancha daromad olish mumkin?
Assalomu alaykum hurmatli do’stlar, uzoq vaqtlik tanaffusdan so’ng Sizni Telegramda pul topish sirlari nomli maqolasi bilan hursand qilmoqchiman. 2015 yilning sentyabr oylarida Telegram asoschisi Pavel Durov endilikda messenger orqali ko’plab xabarlarni yuborish uchun kanal ochish imkoniyatini taqdim etdi. Boshlanishiga bu funksiyaga unchalik ham e’tibor qaratishmadi, lekin 2016 boshlariga kelib, Telegram-kanallar mashxur bo’lib ketti. Biz taniqli kanallar qancha pul topishiga qiziqib ko’rdik va ularni qatoriga qanday qilib kirish mumkinligi haqida gapirib bermoqchimiz. Ushbu maqola orqali quyidagi ma’lumotlarni bilib olasiz: 2016-yil boshlarida mashxur Twitter-bloggeri Mixail Kafanov “qiziqarli maqolalar” nomli kanalini ishga tushirdi. Qiladigan ishi oddiy edi: har kuni kechasi noutbukda o’tirib, maqolalarni saralab, kanalga har xil mavzudagi eng yahshi maqolalarni qo’yardi. Boshida uning kanaliga faqat do’stlari obuna bo’lishdi, keyinchalik uni umuman tanimaydigan odamlar ham kela boshlashdi. Kanal juda tez o’sib bordi va telegramning mashxur kanaliga aylandi. Tez orada avtorga Internetda reklama berishning yangicha usuli topilganini eshitgan reklama beruvchilar murojaat etishdi. O’sha vaqtda kanal obunachilari soni 10 mingtaga yetganda Kafanov bir reklama uchun narx qo’ydi – 8 000 rubl. Birinchi oyda u yahshi smartfon xarid qilishga yetadigan pul jamg’arganini bildirdi. Yahshi smartfon u paytlar 50-60 ming rubl turar edi. Demak, reklamadan yahshi daromad olgan. O’zimizni o’zbekistonlik kanallarga kelsak, kun.uz saytining rasmiy kanaliga 160 mingdan ortiq odam obuna bo’lgan. Kafanovni kanalida esa hozir 36 mingga yaqin odam bor. Farqni qarang! 160 ming qayerdayu 36 ming qayerda, 4 baravar ko’proq odam. Bu bilan bizda Telegram foydalanuvchilari ko’pligi va faol ekanliklariga amin bo’lamiz. Ahir bejizga, telegramdagi foydalanuvchilar soni bo’yicha dunyo reytingida 3-o’rinni O’zbekiston olmadi. Men bir yigitni bilaman, yoshi 17-18 da, latifalar7 kanali avtori (admin), 2 yil avval shu yigit kanalida 70 mingdan ortiq odam bor edi, kun.uz kanalida esa 60 ming ham chiqmas edi. U qiladigan ishi qiyin emasdi, kanal nomidan bilgan bo’lsangiz yangi latifalar qo’yib borardi. U shunchaki qayerdandir tayyor latifani olib kanaliga qo’yar va pulni oqib kelishini tomosha qilib yotardi. Bir kuni Latifalar7 adminiga reklama qo’yish istagida ekanimni, reklama narxi qancha bo’lishini so’raganimda, bitta post 40 ming so’m deb aytdi. Narxni belgilashni bilmasdi. Chunki ko’pchilik reklama narxini kanaldagi odamlar sonidan kelib chiqib belgilaydi. Shunda ham bolakay yahshi daromad olardi. Menimcha u hozir kanalini sotib yuborgan, chunki qidiruv orqali topa olmadim. Demak Telegramda nafaqat reklama qo’yib, balki kanalga odam yig’ib, soni ko’paygach, sotib pul ishlasa ham bo’ladi. 1-usul. Masalan Siz bir kanalga reklama bermoqchisiz, ya’ni o’zingizni kanalni reklama qilib, odam jamlamoqchisiz. Hisob-kitob qanaqa bo’ladi? Admin Sizni reklamani joylaydi va undan o’tgan har bir obunachi uchun 100 so’mdan pul oladi. Faraz qiling, Sizda katta 50 mingta odamlik kanal bor va Sizdan kanalingizga reklama qo’yishni iltimos qilishyapti: 2-usul. Siz reklama berish qoidalarini o’zgartirdingiz va 2-usul orqali ishlab ko’rmoqchisiz. Chunki Sizga reklama bergan odam kanaliga Sizni kanaldan odamlar o’tishi qiyin masala, yana 10 minga?! Shuning uchun Siz umumiy qilib, obunachilar qancha o’tishidan qat’iy nazar bitta post narxini belgiladingiz. Post narxi sizni kanaldagi odamlar soniga qarab belgilanadi. Masalan 50 mingta odam bor bo’lsa, har biri uchun 10 so’mdan olasiz. Bu narxni o’zingiz belgilaysiz, kanalingiz obro’si va boshqa omillarga qarab bu narx balandroq bo’lishi mumkin. Hammasi kanalingiz va reklama beruchi odam kanali mavzusiga bog’liq. Hisob-kitob qilaylikchi: 2-usulga kun.uz sayti qo’ygan ushbu reklamani misol qilib olamiz Bu yerdagi raqamlar quyidagilarni anglatadi: Ha, yuqorida keltirgan misolim hazil ham, yolg’on ham emas, hammasini real hayotdan, o’zimizni mahalliy kanallardan olib aytayapman. Endi Sizda savol tug’iladi: Bu nimasi? 50 mingta odamni katta holamnikidan olib kelamanmi? Qanday qilib odam yig’ishni o’rgat! Tez kunlarda Sizga qanday qilib odamlarni jalb etishni, nafaqat telegramda, balki instagram va boshqa odam yig’ish mumkin bo’lgan ijtimoy tarmoqlar haqida ma’lumot beraman. Shuningdek: Ishonavering, nima deyotganimni yahshi bilaman va bunga Siz ham amin bo’lasiz. Qachonki, kanalingizdan olgan birinchi $100 cho’ntagingizga kelib tushganda, “ha, pul-ishlash.ru admini baraka topsin” – deb, bir eslab qo’yasiz.Telegramda pul topish sirlari. Qancha daromad olish mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:
Telegramda pul topish sirlari. Qancha daromad olish mumkin?
Hammasi qanday boshlangandi?
O’zbekistonda Telegramda pul topish mumkinmi?
Telegramda Reklama berishni 2ta usulga bo’lishimiz mumkin
Telegramda pul topish? Rostanmi?
Telegramda pul topish sirlari. Qancha daromad olish mumkin?