Telegramda pul ishlash
Telegramda pul ishlash
DO`STLARGA ULASHING:
Telegramda pul ishlashning qanday usullari bor?
Shaxsiy kanalini yuritish;
Botlar yaratish;
O’yin va ilovalar yaratish;
Obunachilar va kanallarni piar qilish (piar, pr – ommaga tanitish, reklama qilish);
Taniqli akkauntlarni sotish;
Konkurslarda qatnashish;
Stikerlar yaratish.
Nega telegram-kanallarda reklama berish foydali?
Reklama beruvchilar darhol bir narsani tushunib qolishdi, Telegramda reklama berish ijtimoiy tarmoqlardagiga qaraganda foydaliroq: Kanaldagi postlar obuna bo’lgan odamga, tanishlari, hamkasblari va do’stlari bilan gaplashadigan oynaga kelib tushadi. Statistikaga ko’ra, kanaldagi postlarni u yerdagi odamlarnining 50-40 foizi o’qiydi. Masalan “Vkontakte”da bu ko’rsatkich 20%, “facebook”da esa – 10% atrofida.
Hisoblash qiyin emas, telegramdagi 10 mingta obunachisi bor kanal – “facebook”dagi 50 ming odami bor kanalga teng. Bundan tashqari, chiroyli tuzilgan reklama postlari obunachilarni hurkitib yubormaydi: kanal egasi qilgan mexnatlari uchun pul topishi kerakligini tushhunadilar.
Telegram orqali qancha pul ishlash mumkin?
Shunday qoida bor, bir reklama posti narxi kanaldagi odamlar soniga qarab belgilanadi. Tariflar har doim har xil – har bir odam uchun 10 so’mdan tortib 1000 so’m yoki undan ham ko’proq bo’ladi. Nega narxlar har xil degan savol paydo bo’lgan bo’lsa, buni javobi oddiy – kanalning mavzusiga qarab narxlar ham balandroq yoki pastroq bo’ladi.
Misol uchun futbol yangiliklari haqida bir kanalni olaylik Futbol TV bu kanalda 300 mingdan oshiq odam bor, reklama narxi bir kun uchun 30 ming so’m. Endi boshqa bir elektron pullarni almashish haqidagi kanalni olaylik, bu kanalda 1400 tagina odam bor, lekin u yerda bir kunlik top narxi 82 ming so’m. Farqni sezdingizmi? Nega farq katta ekanini tushumagan bo’lsangiz, futbol mavzusiga oid kanallar juda ham ko’p, elektron pullar esa nozik mavzu va aynan shu mavzuga qiziqadigan odamlarni topish oson ish emas. Narxlar ham shunga yarasha katta.
O’tgan galgi maqolamizda biz, telegram kanal orqali kuniga $1000 gacha pul ishlash mumkinligi haqida yozgan edik. Bu gapimiz uchun tanqid qilganlar ko’p bo’ldi, ularni aksariyati o’zi kanal ochib tuzukroq pul topa olmayotganlar…
Bugun o’sha $1000 pul topishni qayerdan olganimizni va buncha pul topishni iloji bor ekanini bir misolda ko’rsatmoqchimiz. Xabaringiz bor, hozirgi kunda Internet orqali savdo sotiq qilish avjiga chiqmoqda, bizni odamlar endilikda Internetdan xarid qilishga qo’rqishmaydi, xattoki qo’rqmasdan Xitoyning o’zidan Aliexpress Internet do’konidan ham xarid qilishmoqda. Bunday odamlar soni ortgani sayin o’rtakashlar – dallollarning ham daromadi oshib boradi. Aliexpress sayti shunday bir xizmatni taqdim etgan, ya’ni Siz unga biror mijoz olib borsangiz, mijoz xarid qilgan maxsulotdan Sizga 70% gacha ulush beradi.
Biz shunday bir servisni bilamizki, u yerda faqatgina 50% dan ko’proq ulush to’lanadigan maxsulotlar ro’yxati doim yangilanib turadi. Endi faraz qiling, Sizni 1000 kishilik kanalingiz bor, Siz u yerga har kuni Xitoydan qiziqarli maxsulotlar qo’yib borasiz. 1000 kishidan birortasi Siz qo’ygan maxsulotni xarid qilsa, Aliexpress Sizga maxsulotni tengi yarmiga teng pul beradi . Misol:
Rasmdagi cheholni bizda kamida 50 mingga sotishadi. Aliexpressda esa narx $3.47 (28 000 so’m). Qayerdan olgan yaxshi? Albatta Aliexpressdan, to’g’ri faqat ozgina kutish kerak. Shu maxsulotni kanalingizga qo’ydingiz. Uni Samsungni hamma telefonlari uchun to’g’ri keladigan modellari bor, shuning uchun uni 400 dona xarid qilishdi (kimdir 50ta, sotish uchun). Endi Sizni daromad: $3.47 * 50% = 1.73 * 400 = $694 (5 621 400 so’m). Bu daromad birgina cheholdan va atigi 1000 ta odami bor kanaldan olindi, endi tasavvur qiling siz 20 000 ta odamlik kanalga har kuni bir nechta shunaqa maxsulotlarni qo’yib tursangizchi? Hisoblashga qo’rqadi odam. Mana shunday kanallardan bittasi – Tovari s Ali
Yuqorida yozgan servisimiz haqida keyingi maqolamizda gap ochamiz. Hamda u servis orqali yana boshqa pul ishlash usullari haqida va albatta telegramda kanalni qanday yuritish, nimadan boshlash va boshqa sxemalar haqida ham gaplashamiz.
Telegramda pul ishlash