Telegram’da o’zini-o’zi o’chiruvchi fayllar qanday yuboriladi?

Telegram’da o’zini-o’zi o’chiruvchi fayllar qanday yuboriladi?
telegramda ozini ozi ochiruvchi fayllar qanday yuboriladi 65cae8f2e35e8

photo 2021 04 02 23 23 14

Telegram’da o’zini-o’zi o’chiruvchi fayllar qanday yuboriladi?

DO`STLARGA ULASHING:

Telegram’da o’zini-o’zi o’chiruvchi fayllar qanday yuboriladi? 🗑

Telegram’ning ishonchli messenjer ekanligi vaqt o’tib o’zini isbotlab kelmoqda. Unda suhbatdoshga yuborilgan xabar(lar) ko’rilishi bilanoq o’chirilishi funksiyasi mavjud.

Bunday xabarni, ya’ni rasm yoki videoni yuborish uchun biror insonning shaxsiy muloqot oynasiga o’tishimiz lozim, bu Android va iOS’larda quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

🤖 Androidda:
1. «Skrepka 📎» belgisi ustiga bosiladi;
2. «Предварительный просмотр файла» opsiyasi faollashtiriladi;
3. Pastki menyudan «sekundomer» belgisi tanlanadi.
4. O’chirilish vaqti 1 soniyadan 1 daqiqaga qadar belgilanadi.

🍏 iOS’da:
1. «Предварительный просмотр»ga o’tiladi.
2. «Отправить» tugmasini bosib, ushlab turiladi.
3. Ochilgan menyuda «Задать таймер» tanlanadi.

Bunday xabar qabul qilinganidan so‘ng suhbatdosh bildirishnoma oladi. Xabar ochilganida, u kelib tushgan manzilda faylni tomosha qilish uchun belgilangan vaqt ishga tushib, kamayib borishni boshlaydi.

Agar suhbatdoshlardan biri maxfiy xabarning skrinshotini oladigan bo’lsa, ikkinchisida tegishli bildirishnoma ko’rsatiladi.

❗️Izoh: Ushbu funksiya Telegram ilovasining 4.2-versiyasidan boshlab ishlaydi.

Telegram’da o’zini-o’zi o’chiruvchi fayllar qanday yuboriladi?