Telegramda global qidiruv + velosiped tanlaymiz)

Telegramda global qidiruv + velosiped tanlaymiz)
telegramda global qidiruv velosiped tanlaymiz 65cb47ad3bed9

photo 2020 08 09 11 51 27

Telegramda global qidiruv + velosiped tanlaymiz)

Mundarija скрыть
Telegramda global qidiruv + velosiped tanlaymiz)
DO`STLARGA ULASHING:
0. Tog’ uchun yoki oddiy yo’llar uchun velosiped. Tog’ uchun velosipedlarning baloni qalin va tishlari katta-katta bo’ladi, oddiy yo’l uchun aksincha. Buni bir ko’rishda o’zingiz aniqlay olasiz. 1. Rama o’lchami. Pedal diski markazidan o’tiradigan joygacha bo’lgan masofa. Bo’yingizga mos velosiped tanlash shu orqali aniqlanadi. Quyida bo’y uzunligaga qanday o’lchamli rama olish kerakligini ilova qilaman. 2. Rama materiali. Velosipedni tashkil etuvchi metal qismi. Odatda 2 xil turdagi metal ishlatiladi: ● Temir. ● Alyumin. Temir ramali velosipedlar alyuminiyga qaraganda arzonroq, lekin veosiped massasi ancha og’irroq bo’ladi. Og’ir velosipedni haydash va uni tepa qavatlarga olib chiqishda yaxshigina kuch kerak bo’ladi. 3. Tormoz qismi. Tormoz qo’lda amalga oshiriladi va 2 xil texnologiya asosida ishlaydi: — Mexanik tormoz. G’ildirakdagi diskni metal sim orqali siqish orqali tormozlash. — Gidravlik tormoz. G’ildirakdagi diskni suyuqlik orqali siqish orqali tormozlash. Gidravlik tormoz uncha kuch talab qilmaydi, biroz harakat bilan velosipedni tez to’xtatish mumkin, mexanikda biroz kuch ishlatishingiz kerak. Gidravlik tormoz, mexanikka qaraganda sezilarli darajada qimmatroq. 4. Tezlikni o’zgartiruvchi mexanizm(механизм переключения). Oldi va orqa qismidagi tezlik o’zgartiruvchi mexanizmlar, ular qo’l yordamida amalga oshiriladi. Bularni faqat firma nomi bilan ajrataolasiz. Eng arzon va ko’p velosipedlarda Shimano(qo’shimchasiz) mexanizmi turadi. Iloji bolsa, mexanizmga garantiya so’rab oling. Mexanizmlar bir-biridan 100$ gacha farqlanishi mumkin. Shimano Altus yoki Shimano Acero mexanizmi yaxshi hisoblanadi. 5. Oldi ruldagi amortazator. Odatda amortizator tog’ uchun mo’ljallangan velosipedlarda bo’lar edi. Hozir esa ko’pida mavjud. Albatta amortizatorli velosiped oling, chunki yo’llarimiz tog’li yo’llardan qolishmaydi). 6. G’ildirak o’lchami. Ko’pchilik shu o’lcham orqali, bo’yiga moslaydi, bu biroz xato, chunki g’ildirak kichkina bo’lib, rama o’lchami kattaroq bo’lsa, kichkina bo’yli inson uchun bu ancha noqulay bo’ladi. G’ildirak o’lchami qancha katta bo’lsa, kam harakat bilan ko’roq masofa bosib o’tish mumkin. 7. Brand. Eng tez sotilayotgan, narxi ham eng hamyonbob(velosiped uchun Redmi) velosiped Skillmax firmasi velosipedlari hisoblanmoqda. Narxi taxminan 130$ dan boshlanmoqda. Toshkentda ishonchli brand sifatida Xds firma velosipedlarini sotishmoqda. Bular 200$ narxdan boshlanmoqda.

DO`STLARGA ULASHING:

Telegramda global qidiruv + velosiped tanlaymiz)
Telegram orqali biror narsa qidirsangiz, siz bergan so’rov, faqat siz a’zo bo’lgan kanallardan qidiriladi. Telegramda Google kabi global qidiradigan mukammal qidiruv tizimi mavjud emas.
Shunday bo’lishiga qaramasdan, juda ham mukammal bo’lmasa ham, lekin ancha foydasi tegadigan Telegago (https://cse.google.com/cse?&cx=006368593537057042503:efxu7xprihg#gsc.tab=0) qidiruv tizimi mavjud.
Telegago orqali siz global kanallardagi postlarni qidirishingiz mumkin. Postlarni indeksatsiya qilishi biroz uzoqroq, ya’ni biror kanalda yangi yozilgan post, telegago bazasiga tez tushmaydi(Google tizimida, yaxshi optimizatsiya qilingan saytdagi yangi ma’lumotlar 1 soat ichida uning bazasiga tushishi mumkin). Shunday bo’lsa ham, ancha mavzularni qidirishda sizga yordam beradi.
Marhamat, ishlatib ko’ring, aytgancha bu xizmat ham Google mahsuloti: Telegago
(https://cse.google.com/cse?&cx=006368593537057042503:efxu7xprihg#gsc.tab=0)IT mavzudan boshqasiga qiziqmaydiganlar uchun post tugadi).
Yuqoridagi postlarning birida (https://t.me/planetait/558) velosiped tanlash bo’yicha ancha o’qiganimni va sizlarga bu mavzu qiziqligi haqida so’rov o’tkazgan edim.
Demak, velosiped tanlashda nimalarga ahamiyat berish bo’yicha qisqa maslahat:
0. Tog’ uchun yoki oddiy yo’llar uchun velosiped. Tog’ uchun velosipedlarning baloni qalin va tishlari katta-katta bo’ladi, oddiy yo’l uchun aksincha. Buni bir ko’rishda o’zingiz aniqlay olasiz.
1. Rama o’lchami. Pedal diski markazidan o’tiradigan joygacha bo’lgan masofa. Bo’yingizga mos velosiped tanlash shu orqali aniqlanadi. Quyida bo’y uzunligaga qanday o’lchamli rama olish kerakligini ilova qilaman.
2. Rama materiali. Velosipedni tashkil etuvchi metal qismi. Odatda 2 xil turdagi metal ishlatiladi:
● Temir.
● Alyumin.
Temir ramali velosipedlar alyuminiyga qaraganda arzonroq, lekin veosiped massasi ancha og’irroq bo’ladi. Og’ir velosipedni haydash va uni tepa qavatlarga olib chiqishda yaxshigina kuch kerak bo’ladi.
3. Tormoz qismi. Tormoz qo’lda amalga oshiriladi va 2 xil texnologiya asosida ishlaydi:
— Mexanik tormoz. G’ildirakdagi diskni metal sim orqali siqish orqali tormozlash.
— Gidravlik tormoz. G’ildirakdagi diskni suyuqlik orqali siqish orqali tormozlash.
Gidravlik tormoz uncha kuch talab qilmaydi, biroz harakat bilan velosipedni tez to’xtatish mumkin, mexanikda biroz kuch ishlatishingiz kerak. Gidravlik tormoz, mexanikka qaraganda sezilarli darajada qimmatroq.
4. Tezlikni o’zgartiruvchi mexanizm(механизм переключения). Oldi va orqa qismidagi tezlik o’zgartiruvchi mexanizmlar, ular qo’l yordamida amalga oshiriladi. Bularni faqat firma nomi bilan ajrataolasiz. Eng arzon va ko’p velosipedlarda Shimano(qo’shimchasiz) mexanizmi turadi. Iloji bolsa, mexanizmga garantiya so’rab oling. Mexanizmlar bir-biridan 100$ gacha farqlanishi mumkin. Shimano Altus yoki Shimano Acero mexanizmi yaxshi hisoblanadi.
5. Oldi ruldagi amortazator. Odatda amortizator tog’ uchun mo’ljallangan velosipedlarda bo’lar edi. Hozir esa ko’pida mavjud. Albatta amortizatorli velosiped oling, chunki yo’llarimiz tog’li yo’llardan qolishmaydi).
6. G’ildirak o’lchami. Ko’pchilik shu o’lcham orqali, bo’yiga moslaydi, bu biroz xato, chunki g’ildirak kichkina bo’lib, rama o’lchami kattaroq bo’lsa, kichkina bo’yli inson uchun bu ancha noqulay bo’ladi. G’ildirak o’lchami qancha katta bo’lsa, kam harakat bilan ko’roq masofa bosib o’tish mumkin.
7. Brand. Eng tez sotilayotgan, narxi ham eng hamyonbob(velosiped uchun Redmi) velosiped Skillmax firmasi velosipedlari hisoblanmoqda. Narxi taxminan 130$ dan boshlanmoqda. Toshkentda ishonchli brand sifatida Xds firma velosipedlarini sotishmoqda. Bular 200$ narxdan boshlanmoqda.
Yana bir narsa yaxshi velosipedlarga qo’shimcha aksessuarlar qo’shib berishmaydi.
Demak, xulosa, agar ancha vaqt velosipeddan foydalanishni hohlasangiz, quyidagi xarakteristikali velosiped olishni tavsiya qilaman: Alyumin rama, amortizatorli oldi rul, gidravlikali tormz, brandli firma(Skillmax’dan tashqari), quyida rasmda berilgan, bo’yingizga mos rama o’lcham.
☝️ Xususiyatlarini yaxshilab bilib oling, firmaga kelganda sotuvchi bilan maslahatlashing.
O’zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do’stingizga ham ravo ko‘ring: https://t.me/planetait

Telegramda global qidiruv + velosiped tanlaymiz)