Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati

Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati

05011a8c708a4bbbfac3558d2f03df6f
Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati 10

Assalomu alaykum, texnokunchilar bugun sizlar bilan kundalik yumushlarimiz orasida tobora chuqurroq o’rin olib borayotgan, Internet orqali ishlovchilarning og’irini yengil, uzog’ini yaqin, pul bo’lmagan taqdirda ham o’z xizmatlarini ba’zi bir operator abonentlari uchun taqdim qilishdan charchamaydigan TELEGRAM messenjerining siz bilgan, bilmaydigan va bilishni xohlaydigan amallari haqida so’z yuritmoqchimiz. Messenjerdan juda ko’pchilik Ingliz tilida foydalanishini inobatga olgan holda atamalar ingliz tilida ko’rsatib o’tiladi.

1. Telegram Desktop dasturida kerakli va keraksiz suhbatlarni tartibga solish uchun ajoyib usul mavjud. Barcha ovozi o’chirilgan chatlarni yashirish uchun Settings menyusiga kirib “workmode” so’zini yozib OK ni bosing! Quyida esa shunga o’xshash ba’zi bir yashirin kodlar quyida keltirilgan:

●moderate

●testmode

●debugmode

●loadlang

●crashplease

4ee245d9754d8f07a0ec20e98fbaa28c 1
Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati 11

2. Agarda siz Telegramdagi faolligingiz vaqtini kontaktlaringizga ko’rsatmaslik amalini yoqib qo’ygan bo’lsangiz, yoki boshqa bir kontaktingiz ushbu amaldan foydalansa, uning qancha vaqtdan beri faol bo’lmaganligi haqida sizga ma’lumot beruvchi yozuvlarning sharxlari quyida keltirilgan: Last seen recently – 1 soniya va 2-3 kun oralig’idagi vaqt Last seen within a week; 2-3 kun va 7 kungacha bo’lgan vaqt Last seen within a month; 6-7 kundan bir oy oralig’idagi vaqt, Last seen along time ago – bir oydan ko’p bo’lgan vaqtlarda ham (ushbu yozuvni bloklangan foydalanuvchilar doim ko’radi).

3. Yana bir maslahatimiz, siz faolligingizni ko’rishni ta’qiqlab qo’ygan bo’lsangiz ham sizga xabar kelganida uni o’qishingiz bilan siz xabar yuboruvchining messenjerida “Onlayn” holatiga o’tib qolasiz. Lekin “Onlayn” holatiga o’tmasdan turib xabar o’qish imkoni ham mavjud. Buning uchun sizga xabar kelishi bilanoq, Internetni o’chirib (Yoki Avtonom rejimini yoqib) kelgan xabarni o’qishingiz keyin esa qayta yoqsangiz, u xuddi o’qimagandek holatda turadi.

4. Sizning telefon raqamingiz siz tanimaydigan insonlarda qachon paydo bo’lib qolishi mumkin? Agarda siz birorta odamni telefon kontakti sifatida do’stlaringizga qo’shsangiz; Agarda sizning kontkatingizda bo’lmagan odam sizning xabaringizni birorta guruh yoki kanalda qayta yuborgan bo’lsa, sizning raqamingiz o’rnida “unknown” so’zi turadi.

5. Agarda Android telefoningizda o’qishni xohlamagan xabarlar haqida bildiruv uni ochmaguningizgacha kelaverayotgan bo’lsa, Settings -> Notifications and Sounds -> Repeat Notifications ga kirib turn repeated notifications off punktini tanlab qo’ying.

6. Bilasizmi? Sizning telegramdagi profilingiz o’chirilgan bo’lsa ham siz tuzgan kanallar o’chib ketmaydi.

7. Kerakli xabarlar, musiqalar, videolar va barcha boshqa turdagi fayllarni o’zingiz uchun saqlab qo’yishni istasangiz, siz o’zingiz bilan o’zingiz suhbat qurishni boshlashingiz mumkin:

  • O’z telefon raqamingizni kontaktlaringiz ro’yxatiga qo’shishingiz;
  • Izlash maydoniga Telegram messenjeridagi nomingizni (username) yozib, o’z profilingizni topish amallarini bajarishingiz kifoya.

8. Siz o’zingiz bilan chatda ham o’z xabarlaringizni tahrirlashingiz mumkin. Xabarlar tahrirlash uchun sizga 48 soat muhlat beriladi.

8460c5a7d65915471ab42cc88cd875c8 1
Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati 12

9. Qanday qilib Telegramda o’zimga yoqqan maqolalarim yoki xabarlarimni saqlab qo’ya olaman?Buning uchun sizga kerakli bo’lgan xabarni o’zingizga qayta yuborishingiz kifoya.

10. Telegram Desktopda istalgan chat ustiga kelib sichqonchaning o’ng tomonini bosganimizda kontekst menyu ochiladi.

9402889183558d55802a75dc1d62d66e 2
Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati 13

11. Aytgancha telegramdagi so’rovnomalarda nafaqat ovoz berishingiz balki uni qaytib olishingiz ham mumkin.

12. Telegramda 1000 dan ortiq qatnashchilarga ega kanallarni o’chirib bo’lmaydi. Uni o’chirish uchun Telegram Yordam xizmatiga murojaat qilish zarur.

3d6695869868d1dc03530a77a150e4ed
Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati 14

13. Telegramda milliondan ortiq xabarlar tarixini ko’rish imkoni mavjud emas. Bu saqlash joyidagi cheklov emas balki bu o’qish uchun qo’yilgan cheklov hisoblanib, yangi xabarlarni o’chirishingiz bilan eskilari yana paydo bo’laveradi.

14. Spam’ga tushib qoldingizmi? Sizga @Spambot yordam beradi. Ushbu bot Nima uchun spam bo’lib qolganingiz hamda ushbu spam holatidagi davr qachon yakunlanishi haqida sizga kerakli ma’lumotlarni berishda xizmat qiladi.

a79d17b657b72d01169d63eaf4eb30b6 2
Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati 15

15. Telegram Desktop’da fayllarni saqlash joyini o’zingiz belgilab qo’yishingiz mumkin. Buning uchun Settings -> Chat settings -> Download path -> Default folder ga o’tib kerakli papkani ko’rsatib qo’yishingiz kifoya.

16. Telegram Desktop dasturida Kanaldagi maqola manzilini ko’chirish uchun kerakli maqola ustiga sichqonchani o’ng tomonini bosib Copy Post Link tugmasini bosing. Android uchun mo’ljallangan dasturda esa maqolaning chekkasida joylashgan menyuni bosib Copy Link punktini tanlang.

17. Hozirgi vaqtda Superguruh tuzuvchilari ushbu guruhni tark eta olmaydi, uni shunchaki o’chirishi mumkin. Shuningdek, Superguruhlarni oddiy guruh ham qilish mumkin emas.

18. Agarda trafikingiz o’zidan o’zi yo’qolib qolayotgan bo’lsa, Avtoyuklash sozlamalarini to’g’rilab qo’yishingiz mumkin. Bu sozlamani o’zgartish uchun Settings -> Automatic media download bo’limiga tashrif buyurishingiz zarur.

512fbc711b3e7a503a2c3b9b1af9fa5c
Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati 16

19. O’zingiz tuzgan kanalga a’zo qo’shish uchun Telegram Desktop dasturidan foydalanishingizni maslahat beramiz. Chunki Android telefonda yordamida a’zo qo’shayotgan vaqtingizda siz faqatgina o’z kontaktlaringizni qo’shishingiz mumkin bo’ladi. Telegram Desktop’da esa siz istagan a’zoni uning Username orqali ham qo’shishingiz mumkin bo’ladi.

20. Agarda telefon raqamingiz o’zgargan bo’lsa, va Telegramdagi eski akkauntingizda kerakli suhbatlar bo’lib, undagi ma’lumotlarni yo’qotishni istamasangiz, siz joriy akkauntingizda yangi raqamingizga yo’naltirib olishingiz mumkin. Bu usul faqatgina Android va iOS platformalarida ish faoliyatida bo’lib, raqamni o’zgartirish uchun Settings punktiga kirib, Telefon raqamingizni bosishingiz bilan sizga raqamingizni o’zgartirish taklif qilinadi.

a4561ae97826e0a3e0d207e935d571d6
Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati 17

Siz ham o’zingizga ma’lum bo’lgan va ushbu maqolada yozilmay qolib ketgan Telegramning foydali amallari haqida fikr bildiring!

Maqola Texnokun.uz sayti uchun maxsus ravishda yozilgan bo’lib, uni ulashishda, ko’chirishda sayt manbasi ko’rsatilishi shart!

Texnologiyalar
Telegram Messenjerining siz bilmagan 20 ta xususiyati