Telegram messenjerining norasmiy versiyalari (klonlari) haqida to’liq ma’lumot oling
Telegram messenjerining norasmiy versiyalari (klonlari)
Kanalimizda Telegram messenjeri rasmiy va norasmiy versiyalarining afzallik va kamchiliklari haqida umumiy ma’lumot (https://t.me/gsmgurus_FAQ/169) berib o‘tganmiz. Qisqa qilib aytganda, ilova xavfsizligi (https://t.me/gsmgurus_FAQ/665), barqaror ishlashi va platformadagi yangi imkoniyatlarni birinchilardan qo‘llab-quvvatlashi borasida rasmiy versiyaga yetadigani bo‘lmasa-da, ba’zilar norasmiy (https://t.me/gsmgurus_FAQ/395) versiyalardan foydalanishni ma’qul ko‘rishadi.
Xo‘sh, Telegram messenjerining qanday norasmiy versiyalari mavjud va qaysi imkoniyatlari bilan foydalanuvchilarni o‘ziga jalb qiladi.
• Plus Messenger (https://play.google.com/store/apps/details?id=org.telegram.plus) — asosiy afzalligi messenjer tashqi ko‘rinishi maksimal darajada sozlanishi. Foydalanuvchi shriftni o‘zgartirishi, chatdagi «pufakchalar» ning o‘nlab uslublaridan birini tanlashi, rangni, gradiyentni va boshqalarni o‘zgartirishi mumkin. Shuningdek yuztagacha chatlarni qadash, ma’lum bir kontakt tarmoqda paydo bo‘lganda bildirishnoma ko‘rsatilishini yoqish, chatda xorijiy tillardan xabarlarni tarjima qilish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Balkim, raqobatchilari kabi ko‘plab funksiyalarga ega bo‘lmasligi mumkin, lekin ortiqcha narsa ham yo‘q.
• iMe Messenger (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.iMe.android) — eng ko‘p imkoniyatlarga ega Telegram kloni. Ilovada kripto-hamyon mavjud (chatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kriptovalyuta almashish mumkin), chatlarni mavzular bo‘yicha saralash funksiyasi (papkalarga o‘xshash), barcha chat va kanallaringizdagi musiqalar jamlangan alohida yorliq, shuningdek, ko‘plab qo‘shimcha sozlama va funksiyalarga ega. Masalan, ovozli xabarlarni matnga aylantirish, avtomatik javoblarni yaratish uchun neyrobotdan foydalanish, rasmlardan matnni ajratib olish kabilar.
• Vidogram (https://play.google.com/store/apps/details?id=org.vidogram.messenger) — barchasi bittada messenjerni xohlaganlar uchun. Ilova foydalanuvchi obuna bo‘lgan kanallardagi tarkib asosida bitta yangiliklar lentasini yaratishga imkon beradi. Shuningdek, ilovaning o‘zida IPTV mavjud bo‘lib, u orqali ko‘ngilochar kanallarni, sport dasturlarini va boshqalarni tomosha qilish mumkin. Vidogram boshqa messenjerlarda uchramaydigan noyob funksiyalar to‘plamiga ega, masalan, yashirin chatlar bo‘limi, ovoz o‘zgartirgich, xabar yuborishdan oldin tasdiqlash, veb-o‘yinlar o‘ynash kabilar.
• Graph Messenger (https://play.google.com/store/apps/details?id=ir.ilmili.telegraph) (Telegraph) — Agar sizga shunchaki messenjer emas, balki undanda ko‘prog‘i kerak bo‘lsa, unda ushbu Telegram kloniga e’tibor qaratishingiz lozim. Ilova alohida kengaytirilgan yuklab olish menejeri va barcha kanallardagi fayllar bo‘lgan yorliqqa ega, shuningdek, alohida yagona yangiliklar lentasi, ovozli xabarlarni yuborishda ovozni o‘zgartirish, chatlarni parol yoki barmoq izi bilan himoya qilish, yashirin bo‘lim, avtomatik javob berish va boshqalar mavjud . Hatto kontaktni kuzatib borish imkoniyati ham mavjud — ilova foydalanuvchi onlayn bo‘lganida xabar beradi, shuningdek profildagi o‘zgarishlarni (rasmi, telefon raqami yoki ismi) saqlaydi.
• aka Messenger (https://play.google.com/store/apps/details?id=org.aka.messenger)— ushbu Telegram klonining ko‘pchilik foydalanadigan asosiy imkoniyati chatlardagi o‘chirilgan xabarlarni ko‘rsatishi (https://t.me/gsmgurus_FAQ/1115). Lekin ilovadagi reklamalar soni va boshqa muammolari ko‘pligi (kanal va guruhlarga avtomatik obuna yoki o‘zingizga keraklisiga obuna bo‘lolmaslik) sabab, foydalanuvchilari asosan salbiy fikrlar bildirishgan.
Savol: Telegram messenjerining qanday norasmiy versiyalaridan foydalanib ko‘rgansiz va qaysi imkoniyatlari uchun tanlagansiz?
#ma’lumot #APK #Telegram #Telegram
Malumotlar
Telegram messenjerining norasmiy versiyalari (klonlari)