Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?

Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?

Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?

Mundarija скрыть
Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?
DO`STLARGA ULASHING:

DO`STLARGA ULASHING:

Yurtimizda eng ommabop bo‘lgan Telegram messenjeri foydalanuvchilari tomonidan teztez beriladigan savollardan biri shu bo‘lsa kerak. Telegram Uzbekistan kanali «Tasdiqlangan» belgisini olish bo‘yicha yo‘riqnoma tayyorlab e’lon qilgan.
Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?
Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?
Telegram jamoasi faqat boshqa platformalarda tasdiqlangan sahifalarga ega bo‘lgan yirik va faol rasmiy kanallarommaviy guruhlar yoki botlarni tasdiqlaydi.
Telegram sizning so‘rovingizni qabul qila olishi uchun sizda quyidagi tarmoqlarning barchasida tasdiqlangan sahifalaringiz bo‘lishi lozim:
  1. Twitter;
  2. Instagram yoki Facebook (ikkisidan birining o‘zi kifoya);
  3. YouTube.
Sizda aynan shunday bo‘lsa, sahifalar haqiqatan ham sizga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilishimiz uchun biz sizdan o‘sha tarmoqlardagi sahifalaringizda (masalan, sahifa tavsifida) Telegram-kanalingizga havola joylashtirishingizni so‘raymiz.
Barcha shartlar bajarilgandan so‘ng bizning @VerifyBot’imiz bilan bog‘laning.
Quyida shu masala bo‘yicha eng ko‘p beriladigan va muhim savollarga ham to‘xtalib o‘tamiz:
– Menda yuqoridagi barcha tarmoqlarda tasdiqlangan sahifalarim bo‘lmasa-chi?
Agar siz haqingizda Vikipediyada shubhasiz sahifangiz bo‘lsa, u yuqorida boshqa platformalarda talab qilingan tasdiqlangan akkauntlardan birining o‘rnini bosishi mumkin. Bunday holda, maqola sizning Telegram-kanal, bot yoki ommaviy guruhingizga havolaga ega bo‘lishi va Vikipediyaning Ensiklopedik ahamiyati mezonlari va qoidalariga mos kelishi kerak.
– Men tashkilotim sahifasi uchun «Tasdiqlangan» belgisini olmoqchi bo‘lsam-chi?
Tashkilotning rasmiy veb-saytidagi Telegram-kanaliga havola ham hisobga olinishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi havolalarni tekshirgandan so‘ng, bot qo‘shimcha ma’lumotlar va izohlarni taqdim etishingizni taklif qiladi.
– Shaxsiy akkauntimga belgi olishim mumkinmi?
Afsuski, Telegram shaxsiy profillarni tasdiqlamaydi. Tasdiq faqat yirik hamda faol rasmiy kanal va botlar uchundir.
– Menga ushbu belgi kerakmi?
Telegram’dagi «Tasdiqlangan» belgi hech qanday qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etmasligini unutmang. Bu belgi, xolos.
O‘z Telegram-kanalingiz rasmiy ekanligini ko‘rsatishni istasangiz, misol uchun, rasmiy veb-sayt yoki boshqa tarmoqlarda unga havolani joylashtirishingiz mumkin.
– Tasdiqdan keyin nom yoki usernameni qanday o‘zgartirish mumkin?
Tasdiqlangan kanal, guruh yoki bot nomini yoki qisqa havolasini o‘zgartirib bo‘lmaydi (t.me/…). Agar o‘zgarishlar zarur bo‘lsa, avval tasdiqni o‘chirib tashlashingiz mumkin. Buning uchun esa @VerifyBot bilan bog‘laning va /unverify yozuvini yuboring.
Afsuski, hozirgi paytda Telegram’ga juda ko‘p so‘rovlar kelib tushayotgani tufayli, barcha kanallarning ham tasdiqlanishi kafolatlanmaydi.

Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?