Telegram-kanalga qanday narx qo’yish mumkin? to’liq malumot oling

Telegram-kanalga qanday narx qo’yish mumkin? to’liq malumot oling

💰 Telegram-kanalga qanday narx qo’yish mumkin?

Shunday kanallar bor-ki, ularning narxi obunachilar soniga qaraganda qimmat. Ammo shunday kanallar ham bor-ki, obunachilari 100-200 mingta, narxi esa past. Nega?

📌 Adminlar orasida bir termin bor — «Auditoriya sifati va yoshi». Sizning kanalingizning auditoriyasi qanaqa? IT Business auditoriyasi asosan IT sohasidagi insonlar, qiziquvchilar, xullas, katta qismi IT mutaxassislari. Yosh tahminan, 15 yoshdan katta va 45 dan kichik. Bu tahmin, ammo mantiqqa to’g’ri keladi. Hamma 14 yoshli bolalar ham IT ni tushunmaydi, 45 yoshdan katta hamma insonlar ham esa, bu narsalarga qiziqmaydi, katta qismi albatta.

🙅‍♂️ Sifatsiz va yosh auditoriyani bachkana, ko’cha gaplari ishlatiladigan, qo’pol qilib aytganda — «A.Y.E» ni o’z timsoli qilib olgan kanallarda topish mumkin. Yosh chegarasi 12-18. Madaniyatli odam bunday kanalda yurmaydi, gap nimadaligini sezgandirsiz 🙂

Agar kanalingiz qimmat sotilishini xohlasangiz, auditoriya sifati va yoshiga e’tibor qarating. Ularni qanday yaxshilash mumkin? Bu haqida keyingi postlarimizda gaplashamiz.

👉 @itechmedia / (https://i.imgur.com/jQuqEya.jpg)#telegram

Boshqa mavzular
Telegram-kanalga qanday narx qo’yish mumkin?