Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash haqida to’liq ma’lumot oling
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash 🔍
Hozirgi kunda aynan O‘zbekistonda Telegram messenjeri ancha ommabop, shu sababli uni to‘liq ishlatish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishni davom etamiz.
Bu messenjer (https://telegra.ph/file/cd4b9d0521364ed3c7a77.png)faqat siz yozgan matnlarni jo‘natish uchun emas, balki kerakli kontentlarni saytlar orqali ham izlashi mumkin:
1️⃣. YouTube orqali izlash. Odatda biz, youtube.com saytiga kiramiz va kerakli videoni qidiruv tizimiga yozib uni topamiz. Endi siz bu saytga kirishingizni hojati yo‘q, bu ishni Telegram orqali bajarishingiz mumkin. Buning uchun matn yozadigan joyga @vid kalit so‘zi kiritiladi, bu orqali siz YouTube qidiruv tizimiga o‘tgan bo‘lasiz. So‘ngra kerakli video nomi yoziladi.
Misol uchun: @vid Windows operatsion tizimi haqida
2️⃣. Wikipedia orqali izlash. Bu saytning qanchalik katta kutubxona hisoblanishi barchaga ma’lum. Ushbu sayt orqali ko‘plab tushunchalarni o‘zlashtirishingiz mumkin. Telegram orqali ushbu saytning qidiruv tizimiga o‘tish uchun @wiki so‘zi yoziladi va bo‘sh joy tashlab, kerakli kalit so‘z kiritiladi. Bu holatda ingliz tilidagi qidiruv ishga tushadi, agar sizga ruscha qidiruv tizimi kerak bo‘lsa, ru so‘zini ham qo‘shib qo‘yishingiz kerak.
Misol uchun: @wiki ru процессор
Yana bir bor qaytarib o‘tamiz, Telegram messenjeri orqali YouTube va Wikipedia saytlarining qidiruv tizimiga o‘tish mumkin, buning uchun matn yozadigan joyga, mos ravishda @vid va @wiki so‘zlarini kiritish lozim. Davomiga esa nima kerakligini yozasiz. Yakuniy natijani esa URL-manzili ko‘rinishida olishingiz mumkin.
☝️Bu juda qulay imkoniyat, ham tez, ham qulay, ham vaqtingiz ancha tejaladi. Muammo bo‘lsa guruhga (https://t.me/joinchat/BTetWkgMW1DkUWvITY-9qA) o‘ting.
📝 Manba: @planetait
Malumotlar
Telegram ilovasi yordamida Youtube va Wikipedia saytlaridan ma’lumot izlash