Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bo’lgan videointervyusidan Insight’lar.
🎥 Tucker Carlsonning
Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bo’lgan videointervyusini ko’rishni boshladim.
🚀 Pavel Durovning innovatsion yondashuvlari va Telegramning dunyo bo’ylab qanday ta’sir ko’rsatayotgani biz uchun ham ilhom manbai bo’lishi aniq.
📅 To’liq tahlil va fikr-mulohazalarimni siz bilan kechroq baham ko’rishni rejalashtirganman.
📺 Videoni tomosha qilish:
YouTube
🔓
Insight 1: G’oya insoni uchun fikriy erkinlik juda muhim.
Pavel Durovning VKontakte’dan ketishiga sabab bo’lgan voqealar — davlat tomonidan berilgan bosimlar va foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan davlatning aralashuvi—bizga shuni ko’rsatadiki, fikriy erkin bo’lmagan jamiyatlardan aql egalari qochishadi.
Durovning Rossiyani tark etishi va Telegram kabi yangi, xavfsizroq platformani yaratishga qaror qilishi, fikriy erkinlikning ahamiyatini yanada ta’kidlaydi. Uning bu qarori, fikriy erkinlikdan mahrum bo’lgan aql egalarining o’z yurtlarini tark etishga majbur bo’lishining yorqin misolidir.
Bizning jamiyatimizda fikriy erkinlikni qadrlashimiz kerak, chunki bu erkinlik bizga yangi g’oyalarni erkin ravishda ifoda etish va ularni amalga oshirish imkonini beradi. Agar biz yangilik yaratish va dunyoni o’zgartirish istagida bo’lsak, har bir fikrni qadrlashimiz va uni rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratishimiz shart.
🔓 Insight 2: Matematikaning ahamiyati.
Pavel Durov va uning akasi Nikolay Durovning matematika va kriptografiya sohasidagi chuqur bilimlari, ularning Telegram messenjerini ishlab chiqishda asosiy omil bo’lgan. Nikolayning matematik va dasturiy ta’minot bo’yicha keng bilimlari, Telegramning xavfsizlik tizimlarini yaratishda muhim rol o’ynadi. Bu ikkala aka-uka, o’zlarining ilmiy yondashuvlari orqali global miqyosda ishonchli va xavfsiz aloqa platformasini yaratishga muvaffaq bo’lishgan.
Matematika, murakkab muammolarni hal qilish va logik xulosa yuritish qobiliyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Matematikani nafaqat fan sifatida, balki muhim fikrlash vositasi sifatida qadrlashimiz kerakligini ko’rsatadi. Shunday ekan, har birimiz uchun matematikaning ahamiyatini qadrlash va uni chuqurroq o’rganishimiz zarur.
🔓 Insight 3: Zo’r mahsulot — reklamaga muhtoj emas.
Telegram messenjerini boshqa platformalarda promote qilish uchun pul sarflanmagan (Zero dollar). Bu platforma o’zining xavfsizlik va foydalanuvchiga qulayligi(user friendly) tufayli tez tarqaldi. Telegramning 900 million foydalanuvchiga ega bo’lishi, asosan organik o’sish orqali (Pure organic) amalga oshirilgan. Bu, agar mahsulot o’z-o’zidan sifatli va foydalanuvchilarga aniq qiymat taklif qila olsa, u keng jamoatchilik tomonidan qabul qilinishi va tarqalishi mumkinligini isbotlaydi.
Telegramning bu yondashuvi, marketing strategiyasida katta o’zgarishlarni talab qiluvchi bugungi biznes olamida juda muhimdir. Bu, boshqa kompaniyalar va yangi startaplar uchun ham ibrat bo’lishi mumkin. Zo’r mahsulot o’zi uchun gapiradi va ulkan marketing byudjetlarisiz ham muvaffaqiyat qozonishi mumkin.
🔓 Insight 4: Barcha ma’lumotlar nazorat ostida.
Telegram, foydalanuvchi ma’lumotlarini himoya qilishdagi qat’iyatini ko’rsatib, hech qachon foydalanuvchi ma’lumotlarini hukumatlar yoki boshqa tashkilotlar bilan bo’lishmagan. Jumladan AQSH Kongresi tomonidan ham so’rovlariga ham rad javobini bergan. Bu borada global miqyosda ishonchli xizmat ko’rsatishni davom ettirmoqda.
Xullas, bizning shaxsiy ma’lumotlar hukumatdagilarda mavjud, ular xohlasa bizni kuzatisha olishadi. Telegram ma’lumotlarimizni himoya qilishda qat’iy va ishonchli deb umid qilamiz🙂
🔓 Insight 5: Missiya uchun investitsiyalardan voz kechish
Pavel Durov, Telegramni asosan o’z mablag’lari orqali moliyalashtirgan, bu esa unga messenjer ustidan to’liq nazoratni saqlab qolish imkonini beradi. Durov tashqi investitsiyalarni qabul qilmaganligi, asosan, Telegramning suverenitetini va mustaqilligini saqlashga qaratilgan. Bu yondashuv, foydalanuvchilarga yuqori darajadagi xavfsizlik va maxfiylikni ta’minlaydi, platformani tashqi ta’sirlardan himoya qilishga yordam beradi.
Xulosa: Durovning investitsiyalardan voz kechish qarori uning platformasini tashqi ta’sirlardan himoya qilish va uning missiyalariga sodiq qolish imkonini beradi. Bu qaror, g’oya egalari va innovatorlar tomonidan chuqur tushuniladi va qadrlanadi, chunki u Telegramni boshqa tech-gigantlardan ajratib turadigan asosiy xususiyatlardan biridir.
🔓 Insight 6: Telegramda HR Department mavjud emas.
Telegram, an’anaviy HR (Human Resources) departamentisiz o’z faoliyatini yuritadi. Ayniqsa, Telegram o’z injinerlar jamoasini noyob tarzda shakllantiradi: injinerlarni asosan maxsus contestlar orqali jalb qiladi. Bu tanlovlar orqali, faqat eng yaxshi dasturchilarni tanlab, ularning sifatiga katta e’tibor beriladi.
Platformada faqatgina yuqori samarador 30 nafar injiner faoliyat yuritadi. Bu soni juda kam bo’lishiga qaramay, ular juda yuqori darajada samarali ishlaydilar.
Manba:
Boshqalar
Telegram asoschisi Pavel Durov bilan bo’lgan videointervyusidan Insight’lar.