Telegram akkaunt profilini o’chirish

Telegram akkaunt profilini o’chirish

Telegram akkaunt profilini o'chirish

Ko’pchilik -«Qanday qilib Telegramni o’chirib tashlash mumkin?» yoki «Qanday qilib telegram akkauntni o’chirib tashlash mumkin» degan savollar bilan murojaat qilishadi. Shu savollarga bir butun qilib ushbu maqolada Telegramni o’chirish haqida yozishga qaror qildik.

Telegramni o’chirishga kirishishdan avval bir muhim narsani hisobga olishingiz kerak: Telegramni o’chirib yuborganingizdan so’ng, uni ichidagi ma’lumotlarni tiklab bo’lmaydi. Durovga yozsangiz ham, tiklashni iloji yo’q. 🙈🙈🙈

Demak boshladik.

Telegram o’chirish uchun birinchi navbatda biron bir brouzer(Chrome/Opera/Mozilla/Safari)dan https://my.telegram.org/auth?to=deactivate mana bu manzilga kiramiz. U yerda o’chirib tashlamoqchi bo’lgan telefon raqamimizni teramiz:

telegram akkaunt profilini ochirish 65e4b7fb8bdf0

Telefon raqam xalqaro, ya’ni +9989******** formatida kiritilinishi kerak.

So’ng Next tugmasini bosamiz. Shunda telegram’ga telegramning rasmiy kanalidan mana bunday ko’rinishda xabar keladi:

telegram akkaunt profilini ochirish 65e4b7fc06d05

Bu xabardan «This is your login code:» gapidan keyingi kodni ko’chirib olamiz va brouzerga qaytib, «Confirmation code» qatoriga ko’chirib olgan kodimizni qo’yamiz va Sign In tugmasini bosamiz.

telegram akkaunt profilini ochirish 65e4b7fcca15f

Shunda bizga quyidagicha xabar chiqadi:

telegram akkaunt profilini ochirish 65e4b7fd48e96

Bu yerda «Why are you leaving?» qatoriga biron nima yozib qo’yamiz(Paveljon biz nima uchun telegramni o’chirmoqchi ekanligimizni so’ramoqda).

So’ng, Delete My Account tugmasini bosamiz. Shunda quyidagicha oyna ochiladi:

telegram akkaunt profilini ochirish 65e4b7fdba48a

Bu yerda telegram bizni oxirgi bor ogohlantirmoqda. Biz telegramni o’chirishga uzil-kesil qaror qildik, shu sababli, Yes, delete my account tugmasini bosamiz.

Tamom! Tabriklaymiz, Telegram profil o’chirildi. Endi agar telefon yoki kompyuterdagi telegram ilovasiga qayta kirsak, bizni avtorizatsiya qismiga yuboradi.

Diqqat! Yana bir bor: Telegramda o’chirilgan profil fayllarini qayta tiklab bo’lmaydi. Shu sababli telegramni o’chirishdan avval telegramdagi ma’lumotlaringizni ko’chirib oling. Buning uchun telegramning maxsus imkoniyatidan foydalanish mumkin.

Qanday qilib telegramdagi ma’lumotlar(xabarlar, rasmlar, videolar, fayllar)ni ko’chirib olish haqida keyingi maqolalarda ko’rsatib o’tamiz.

Boshqalar
Telegram akkaunt profilini o’chirish