TELEGRAF APPARATI

TELEGRAF APPARATI

TELEGRAF APPARATItelegraf aloqa oʻrnatishda elektr qurilma signallarini uzatish va qabul qilish uchun moʻljallangan qurilma. Birinchi elektromagnit Telegraf apparati rus olimi P. L. Shilling tomonidan ixtiro qilingan (1832) va amalda ishlatilgan. Dastlabki elektromagnit apparatlarda xabarlar siniq chiziklar koʻrinishida (qayd qiluvchi Telegraf apparati) yoki nuqtachiziqlar koʻrinishida (qayd qiluvchi Telegraf apparati) yoki nuqta va tirelar orqali (q. Morze apparati) uzatilgan va yozib olingan. 20-a. oʻrtalarigacha elektromexanik Telegraf apparati ishlatilgan, 70y. lardan boshlab elektronmexanik Telegraf apparatidan foydalanildi, keyinchalik toʻliq elektron T. a. va fototelegraf apparat (faksimil apparat) paydo boʻldi.

Ensiklopediya.uz
TELEGRAF APPARATI