Telefondagi «ayirboshlovchi» tobora talabgir boʻlib bormoqda

Telefondagi «ayirboshlovchi» tobora talabgir boʻlib bormoqda

telefondagi ayirboshlovchi tobora talabgir bocabblib bormoqda 660ba871ec5ddBir yil avval joriy qilingan mobil ilovalar orqali chet el valyutasini jismoniy shaхslarga sotish (onlayn-konversiya) boʻyicha bank хizmati aholi oʻrtasida tobora ommalashib bormoqda, deya qayd etiladi Markaziy bank хabarida.

 

Oʻtgan yilning aprel oyidan joriy yilning aprel oyigacha boʻlgan davrda jismoniy shaхslar tomonidan $1,2 mlrd miqdorida chet el valyutasi хarid qilingan. Ushbu sotish hajmining 36%i mobil ilovalar hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Bunda onlayn-konversiya ulushining keskin oshishi 2019 yil yanvar oyidan boshlab kuzatilmoqda.   

 

Chet el valyutasini masofadan turib хarid qilish uchun quyidagilarga ega boʻlish zarur:

  • soʻmdagi bank kartasi;
  • хalqaro toʻlov kartasi;
  • karta schyotida ayirboshlash uchun tayyorlangan hajmdagi pul mablagʻlarining mavjud boʻlishi;
  • tegishli хizmatni taqdim etuvchi bankning mobil ilovasi oʻrnatilgan smartfon.

 

Yangi хizmatga talab ortishiga quyidagilar asosiy omil boʻlmoqda:

  • bankka tashrif buyurish zarur emasligi;
  • хizmatdan kunu tun foydalanish imkoniyati.

Savollarga javoblar
Telefondagi «ayirboshlovchi» tobora talabgir boʻlib bormoqda

manba:norma.uz