Telefon va ko‘z
Telefon va ko‘z ➥ Telefon va televizor kattalar ko‘zini xiralashtirishi unchalik xaqiqatga yaqin emas. Toliqtirishi bor gap. ➥ Ammo bolalar ko‘z soqqasi 20 yoshgacha shakllanadi. Ko‘z soqqasining diametri o‘rtacha 24 mm bo‘lishi kerak. Telefon va tv ni yaqindan ko‘rish natijasida ko‘z soqqasi zo‘riqadi va kattaroq bo‘lib shakllanadi. ➥ Kattaroq shakllangan ko‘z soqqasi adaptatsiya va akkomodatsiya qiyinroq bo‘ladi va keyinchalik miopiya rivojlanadi. Ana o‘shanda ko‘zoynakli bolajonga ega bo‘lasiz. ➥ Miopiya bu narsa va buyumlarni yaqindan yaxshiroq ko‘rish xastaligi xisoblanadi. O‘rtacha masofa 25-40 sm bo‘lishi kerak. Diqqatli bo‘ling.Telefon va ko‘z
DO`STLARGA ULASHING:
Telefon va ko‘z