TELEFON STANSIYASI

TELEFON STANSIYASI

TELEFON STANSIYASIaloqa kanallarini kommutatsiya qilish (uzibulash) uchun moʻljallangan texnika vositalari majmui; telefon tarmoqlarining bir qismi. Telefon kanallari (abonent va aloqa liniyalari)ni maʼlum vaktga ulaydi va uzadi; bu maqsadda aloqa yoʻnalishi boʻyicha telefon axborotlari oqimini birlashtiradi va taqsimlaydi. Telefon stansiyasi qoʻlda (RTS) va avtomatik (ATS) kommutatsiyalaydigan xillarga boʻlinadi. RTS telefon kommutatorlik bilan jihozlanadi; kanallar operatortelefonchi orqali kommutatsiyalanadi. ATS izlagichlar yoki koordinat ulagichlar, telefon relesi va b. yordamida avtomatik tarzda ishlaydi. Kommutatsiya qurilmalari turiga qarab, ATS mashinali va dekada qadamli, koordinatali, kvazielektron, elektron xillarga boʻlinadi.

Ensiklopediya.uz
TELEFON STANSIYASI