TELEFON APPARATI haqida to’liq ma’lumot oling
TELEFON APPARATI — abonentlarning gaplashishi uchun moʻljallangan elektrakustik apparata; telefon tarmoqlarinnsh oxirgi abonent qurilmasi, Amalda qoʻllanilgan birinchi uzatishqabul qilish qurilmasini 1876-y. da shotland ixtirochisi A. G. Bell ixtiro kilgan. Keyinchalik turli mamlakatlarning ixtirochi va olimlari uni takomillashtirgan. Telefon apparati gaplashiladigan qism (telefon va mikrofon, bular umumiy korpus, yaʼni trubkaga birlashtiriladi), abonentni chaqiruvchi qism (diskli yoki tugmachali raqam tergich, yaʼni signal qoʻngʻirogʻi) va kommutatsiya qurilmasi (apparatning chaqiruvchi qismini gaplashish kismiga ulaydi)dan iborat. Telefon apparati larning hammasi mexanoavtomatik rejimda ishlaydi (yaʼni raqam terish mexanik, abonentlarni ulash avtomatik tarzda amalga oshadi). Abonentlarga «oʻzi» javob beradigan, ularning telefon raqamlarini magnit xotiraga qayd qiladigan avtoraqam tergichli avtomat T. a. lar ham mavjud.
Mikrofon zanjirini oʻzgarmas tok bilan taʼminlash usuliga koʻra, mahalliy batareyali va markaziy batareyali (telefon styaning markaziy batareyasiga ulangan) Telefon apparati farklanadi. Oddiy Telefon apparati lardan tashkari, shaxtalarda ishlatiladigan (portlash xavfi yoʻq), dispetcherlik, taksofon (avtomattelefon)lar, uyali telefon va boshka Telefon apparatilar ham bor. Boshqarish pulti va televizion bloki boʻlgan. Telefon apparati videotelefon deb ataladi. Bunda abonentlar bir-birini koʻrib turadi, rayem, fotosurat, matn va b. ni koʻrish mumkin boʻladi.
Malumotlar
TELEFON APPARATI