TEKTONITLAR haqida to’liq ma’lumot oling

TEKTONITLAR haqida to’liq ma’lumot oling

TEKTONITLAR — Yerning chuqur qatlamlaridagi kuchlar taʼsirida minerallari muayyan yoʻnalishdagi holatni egallagan togʻ jinslarining umumiy nomi. Odatda, bunday taʼsir kayta kristallanish, parchalanish (milonitlar, tektonik brekchiyalar), varaqsimonlikni hosil boʻlishi bilan birga sodir boʻladi. Petrostruktura taxlili q(. Petrotektonika) yordamida deformatsiyaning ketma-ket bosqichlarini va dinamometamorfizm vaqtida harakatga keladigan siqilayotgan va parchalanayotgan kuchlanishlarning yunalishlari aniqlanadi. Minerallarning yoʻnalish xususiyatiga qarab Tektonitlar modda harakatining differensial tipini aks ettiruvchi 3 guruhga boʻlinadi: plastinkasimon minerallar (slyuda va b.) sirpanish yuzasi bilan parallel joylashib, varaqsimonlik hosil qiladi; minerallarda sirpanish 2 oʻzaro kesishgan yuzada sodir boʻladi; burmalarning yoʻnalishi boʻyicha joylashgan zarralar oʻq atrofida aylanadi. Tektonitlar bulaklari, odatda burchakli, oʻtkir qirrali shaklga ega boʻlib, sirpanish yuzasi bilan qoplangan, egiluvchan togʻ jinslari boʻlaklari (jumladan serpentinitlar) aksari yumaloqlangan boʻladi. Limonitlar paleozoy va proterozoy tof jinslari orasida uchraydi. Limonitlashgan spilitlar va talkka aylana boshlagan ofiolitli Tektonitlar Sulton Uvays togʻlarida uchraydi.

Malumotlar
TEKTONITLAR