TEKTITLAR

TEKTITLAR

TEKTITLAR (yun. tektos — erigan) — turli shakl va kichik oʻlchamdagi, usti notekis oʻydimchizikli yashil, sariq yoki kora rangdagi, butunligicha, erigan xarakterli skulptura koʻrinishiga ega boʻlgan silikatli shisha jismlar. Tektitlarda SiO2—88,5% gacha, A12O320,5%, GʻyeO11,5%, SaO8,5%. Muhim elementlardan Ni boʻlib, boshqa shishalarga nisbatan tarkibida suv kam boʻladi. Tektitlar magnitlanish xossasiga ega emas. Bu T. ning juda yuqori tra va uzok, vaqt qizishidan hosil boʻlganligini bildiradi. «Tektitlar» termini avstraliyalik geolog E. Zyuss tomonidan kiritilgan (1900), uni erigan meteorit deb hisoblagan. Oʻtmishda Tektitlarga taalluqli koʻpgina afsonalar toʻqilgan; ular moʻjizali atributlar, tumorlar boʻlib xizmat qilgan va tabobatda ham foydalanilgan. T. Antarktidadan tashqari hamma qitʼalarda topilgan. Tektitlarning xillari topilgan geografik joyiga qarab nomlangan: irgizitlar va jamanshinitlar (Irgiz daryosi va Jan. Uraldagi Jamanshinit yerlari), moldivit (Jan. Chexiya, Jan. Germaniya), filippinitlar (Filippin o. lari), indoshinitlar (Hindixitoy), avstralitlar (Avstraliya va Tasmaniya) va b. Eng yirik Tektitlar (ogirligi 3,2 kg) Laosda topilgan. Oʻrtacha zichligi 2,4 g/sm3. T. paleogenantropogenli yotqiziqlarda yoki Yer yuzasining vulkanlar kelib chiqishi istisno boʻlgan oblastlarida uchraydi. Tektitlar tabiiy tarkalgan joyidan tashqarida faqat madaniy qatlamlarda (mas., diniy buyum sifatida) uchraydi. Hoz. ga qadar Tektitlarning kelib chiqishi haqidagi umum qabul qilingan gipotezalar maʼlum emas. Baʼzilarning fikricha, Tektitlar meteorit; boshkalar esa ularni meteorit, asteroid yoki kometalarning yerga tushishi natijasida hosil boʻlgan deb taxmin qilishadi. Oʻta xarakterli skulpturaga ega. Vulkanli shishalardan farkli oʻlaroq, Tektitlarda kristallitlar deyarli yoʻq va gaz pufakchalari nisbatan kam boʻladi.

Ensiklopediya.uz
TEKTITLAR