TEKSTURA

TEKSTURA

TEKSTURA (lot. textura — gazlama, tuzilish) — amorf jismlardagi molekulalar (q. Amorf holat) yoki polikristallarda, kristallar va gazlamalarda tolalarning muayyan yoʻnalishda joylashuvi. Tabiatda (mas., baʼzi minerallarda) uchraydi, sunʼiy usulda ham (mas., kristallash yoʻli bilan) hosil qilinishi mumkin. Tekstura materiallarda xossalar anizotropiyayenga sabab boʻladi. Toʻqimachilikda tolalardan hajmdor (teksturlangan) ip olishda Tekstura xossasiga asoslaniladi. Tekstura togʻ jinslari va yogʻochda uchraydi, magnit T. ham mavjud.

Ensiklopediya.uz
TEKSTURA