TEGUSIGALPA

TEGUSIGALPA

TEGUSIGALPAGonduras poytaxti. Choluteka daryosi vodiysida, 1000 m balandlikda joylashgan shahar. Iqlimi tropik, issiq (yanv. ning oʻrtacha trasi 19,6°, iyulniki 22,6°), yiliga 1047 mm yogʻin yogʻadi. Aholisi 813,9 ming kishi (1990y. lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat, toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, keramika sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari (gʻisht, marmar plitalar) ishlab chiqariladi. Unt, Gonduras akademiyasi, Geogr. va tarix akademiyasi, milliy muzey, milliy kutubxona va b. bor.

Ensiklopediya.uz
TEGUSIGALPA