TEGIRMON GAZKONDENSAT KONI haqida to’liq ma’lumot oling

TEGIRMON GAZKONDENSAT KONI haqida to’liq ma’lumot oling

TEGIRMON GAZKONDENSAT KONIBuxoro viloyatidagi Olot t. y. stansiyasidan 20 km jan. sharkda joylashgan. Kon 1976-y. da ochilgan. Tegirmon gazkondensat koni Chorjoʻy tektonik pogʻonasining markaziy qismida, Dengizkoʻl zanjirsimon koʻtarilmasining shim. gʻarbiy yoʻnalishdagi egilgan qismida joylashgan. Yuqori yura ohaktoshlari shipi boʻyicha tegirmon burmasi 2 mustaqil — sharqiy va gʻarbiy tegirmon qubbalariga boʻlingan. Tegirmon gazkondensat konida 3 quduq qazilgan boʻlib, ularda yuqori yura karbonat yotqiziklaridagi sanoat ahamiyatiga molik gaz mavjud. Yura yotqiziklari 3 qalin qatlamga boʻlingan: terrigen, karbonat va tuzangidrit. Terrigen jinslar kumirli argillit, kumtosh va alevrolitlardan (qalinligi 102 m) iborat. Karbonat katlamning (342—362 m) mahsuldor qismi gorizontlarga bulingan. Gaz, asosan shu gorizontlarda uchraydi. Gorizontlar yuqori gʻovakli kesaksimon teksturali — suvoʻtli ohaktoshlardan tuzilgan boʻlib qatlamkollektorlarni hosil qiladi. Gorizontlardagi gaz quruq va yengil. Gorizontlarda kondensat uyumi ham uchraydi. Ayrim gorizontlardagi qatlam suvlari xloridkalsiy tipiga mansub boʻlib, minerallashgan, sedimentatsion metamorflashgan namakobdan iborat. Kon hoz. kunda sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.

Malumotlar
TEGIRMON GAZKONDENSAT KONI