TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI haqida to’liq ma’lumot oling

TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI haqida to’liq ma’lumot oling

TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI — RF Krasnoyarsk oʻlkasi tarkibida. 1930-y. 30 dek. da tashkil etilgan. Okrug xududi butunlay qutbiy doira orqasida, Sharqiy Sibirning chekka shim. da, Taymir ya. o. da joylashib, gʻarbdan sharqqa 1200 km, shim. dan jan. ga 800 km masofaga choʻzilgan. Taymir (dolganneneslar) muxtor okrugi tarkibiga Kara va Laptevlar dengizlaridagi arxipelag va orollar ham kiradi. Mayd. 862,1 ming km2. Aholisi 39,8 ming kishi (2002), asosan, ruslar (67%), shuningdek, dolgan, nenes, nganasan, evenk millat vakillari va b. ham yashaydi. Taymir (dolganneneslar) muxtor okrugi hududida 1 shahar (Dudinka), 1 shaharcha (Dikson) bor. Markazi — Dudinka sh. Shahar aholisi 66,3%. T. m. o. hududidagi Norilsk sh. bevosita Krasnoyarsk oʻlkasi maʼmuriyatiga boʻysunadi.

Tabiati. Taymir (dolganneneslar) muxtor okrugi Osiyoning chekka shim. qismini — Taymir ya. o. va Oʻrta Sibir yassitogʻligining shim. qismini egallaydi. Okrug hududi 3 asosiy qismga boʻlinadi; shim. da Birranga togʻlari, jan. da Oʻrta Sibir yassitogʻligi va ular orasida joylashgan Shim. Sibir payettekisligi. Kara dengizi va Laptevlar dengizi bilan oʻralgan. Orol koʻp. Foydali qazilmalardan rudalar, toshkoʻmir, osh tuzi konlari bor. Iqlimi arktik va subarktik iutim. Yanv. ning oʻrtacha trasi—30°, iyulniki 2°—13°. Yillik yogʻin 110—350 mm. Vegetatsiya davri 40—80 kun. Koʻp yerlar toʻngib yotadi. Asosiy daryosi — Yenisey. Koʻl va botqoqlashgan yerlar koʻp. Tipik tundra va torfgleyli, jan. da podzol, Yenisey daryosi vodiysida qayir oʻtloqi tuproqlar tarqalgan. Taymir (dolganneneslar) muxtor okrugida pakana daur tilogʻochi usadi. Yer sharining biron boshqa qismida tilogʻoch bunchalik shim. da uchramaydi (72°50ʻ shu kabi). Yovvoyi shim. bugʻusi, togʻ qoʻchqori, qutb tulkisi, boʻri, lemming, oq quyon, qushlardan oq boyqush, oq kaklik uchraydi. Yozda koʻplab har xil qushlar uchib keladi. Suvlarda har xil baliklar bor.

Xoʻjaligi. Taymir (dolganneneslar) muxtor okrugining mahalliy aholisi qadimdan bugʻuchilik, baliq va moʻynali hayvonlarni ovlash bilan shugʻullanib kelgan. Krasnoyarsk oʻlkasidagi bugʻularning 2/3 qismi Taymir (dolganneneslar) muxtor okrugi da. Yenisey daryosi va koʻllar baliqqa boy. Baliqchilik xoʻjaliklari, Dudinka, Xatanga, UstPortda baliqkonserva zdlari bor. Yer ostidagi muzxonalarda yil davomida baliq sakGʻtnadi. Moʻynali hayvonlar (qutb tulkisi, havorang tulki) koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi fermerlar va jamoa xoʻjaliklari ishlab turibdi. Chorvachilik sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Sabzavotchilik rivojlanmokda. Norilsk yaqinida konchilik sanoati mavjud (kumir, mis, nikel, kobalt va b.). Norilsk konmetallurgiya kti (hoz. «Norilskiy nikel» korxonasi) 1952-y. dan maxsulot bermokda. Yer sharidagi eng shim. Dudinka — Norilsk — Talnax t. y. (1937-y. dan), UstXantay GES bor. Taymir (dolganneneslar) muxtor okrugi iktisodiy alokalarida Shim. dengiz yuli va dare hamda aviatsiya transportining ahamiyati katta. Asosiy portlari: Dikson, Dudinka, Xatanga. Qattiq qoplamali avtomobil yullar uz. 262 km. Okrug markazi bilan aviaaloka urnatilgan. Dudinka zooveterinariya texnikumi, Taymir okrug ulkashunoslik muzeyi mavjud. Okrug radio eshittirishlari rus, nenes, dolgan va nganasan tillarida olib boriladi.

1ming yillikning oxiridan boshlab Taymir xududida hoz. dolgan va neneslarning ajdodlari boʻlgan samodiy qabilalari yashagan. Ular bugʻuchilik, ovchilik va baʼzi joylarda baliq ovlash bilan shugullangan. Ruslar bu xududda dastlab 16-a. oʻrtalarida paydo boʻlgan. Ular shu joylarni egallash maqsadida aholi punktlari barpo etishgan. 1920-y. oxirida Taymirda kayebkorlik bir lashmalari tuzildi, keyinchalik ular kasbkorlik artellariga aylandi. 1930-y. Yenisey daryosidagi UstPortda baliq konservalash zdi qurib ishga tushirildi.

Malumotlar
TAYMIR (DOLGANNENESLAR) MUXTOR OKRUGI