TAXT

TAXT

TAXT (fors.) — saroyda hukmdor (shoh, xon, xoqon, qirol, amir va b.) rasmiy qabul marosimi, mashvarat va turli tantanalar paytida oʻtiradigan, maxsus joyga oʻrnatilgan, qimmatbaho maʼdanlar bilan ziynatlangan oʻrindiq. Eski moʻgʻul tilida Taxt oʻran deb nomlangan va eski oʻzbek tilidagi oʻrun ga moye kelgan. Chingiziylar davrida Taxtning oʻng tomonidan taxt vorisi, oʻzga xonzodalar, hukmdorning qarindoshurugʻi va kotib, soʻl tomonidan xotun (malika), oʻzga zavjalar, roʻparasida esa noʻyonlar oʻrin egallagan. Amir Temur va temuriylar zamonida saltanat, hashamat va ulugʻlikning ramzi boʻlgan maxsus Taxt saroy yoki borgoxning markaziga oʻrnatilgan. Muayyan tantana, mashvarat yoki kengashda qatnashuvchi har bir kishi oʻz martabasiga kura belgilangan joyni egallagan. Taxtning oʻng tomonidan sayyidlar, qozilar, qarindoshlar, olimlar, ruxrniylar, zodagonlar, chap tomonidan amirul umaro, beklar, amirlar, noʻyonlar, tumanbegi, mingbegi, yuzbegi, oʻnbegi, roʻparadagi 1qatordan devonbegi va oʻzga vazirlar, 2qatordan viloyat hokimlari oʻrin olgan. Hukmdor oʻtirgan Taxt ortining oʻng tomonida bahodirlar, chap tomonida esa yengil suvoriy guruh qoʻmondoni — qorovulbegi joylashgan. Taxt oʻrnatilgan xonaga gilamlar, paloslar va koʻrpachalar yozilgan.

Ensiklopediya.uz
Taxt