TAXMIS
TAXMIS (arab. — beshtalik qilish, beshtaga yetkazish) — muxammasning bir turi. Taxmis bandlari ham muxammas singari 5 misradan iborat; ular bir shoirgagina tegishli boʻlmay, balki 2 shoirning misralaridan tashkil topadi: dastlabki 3 misra Taxmis yozayotgan shoir qalamiga, keyingi 2 misra esa Taxmis yozilayotgan shoir gʻazaliga mansub boʻladi. Taxmisda xar ikkala shoirning bir bandni tashkil etayotgan misralari mazmun va shakl jihatidan oʻzaro moye boʻlishi talab etiladi. Taxmisni, odatda, falonchi shoirning gʻazaliga muxammas, deb taʼkidlab yozganlar (faqat bir shoirning misralaridan iborat boʻlgan muxammaslarga baʼzan «taʼbi xud» — oʻziniki, oʻzining taʼbi, deb qushib yozganlar). Taxmislar shoirga yoqqan gʻazallarga yozilishi sababli birgina gʻazalga bir necha Taxmis qilinishi mumkin. Oʻzbek mumtoz sheʼriyatida Munis, Ogahiy, Muqimiy, Furqatlarning Navoiy, Fuzuliy singari shoirlarning mashhur gʻazallariga yozgan Taxmis lari maʼlum. Taxmis yozish shoirdan katta mahorat talab etadi, chunki T. yaratuvchi shoirlar oʻzidan avval yashab ijod kilgan shoirlarning yetuk gʻazallarini rivojlantirganlar, anʼanalarini davom ettirganlar. Taxmisning soʻnggi bandida shoirlarning taxalluslari eslatib oʻtiladi. Taxmis nafakat oʻzbek mumtoz adabiyotida uchraydi, balki u hoz. oʻzbek adabiyotida ham yaratilgan (Habibiy, Sobir Abdulla, Erkin Vohidov va b.).
Ensiklopediya.uz
TAXMIS