Tavsiya etilmaydigan ismlar

Tavsiya etilmaydigan ismlar

Tavsiya etilmaydigan ismlar

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Abdurasul ismining ma’nosi nima?

Javob: Abdurasul ismi Payg‘ambarning bandasi degan ma’noni anglatadi. Bunday ismlarni o‘zgartirgan ma’qul.

Savol: Mening ismim Shohruh. Ko‘pchilik dindor taqvodor tanishlarim ismingni alishtir deb maslahat berishayapti. Ismim dinimizga biroz to‘g‘ri kelmas ekan. Shundaymi?

Javob: Imkoningiz bo‘lsa, almashtirganingiz yaxshidir.

Savol: Qizbolaga Sanam deb ism ko‘yish yaxshi emas, deb eshitdim. Qizimning ismi Gulsanamxon, bu ismning ma’nosi qanday va bu ismni qizbolaga qo‘yish joizmi?

Javob: Sanam (صنم) degani arab tilida but degan ma’noni anglatadi. Shuning unday ism qo‘ymaslik kerak. Har bir ota-ona farzandiga ism qo‘yishda o‘ziga yoqib qolgan, qulog‘iga chiroyli eshitilgan ismni qo‘yib yuboravermay, u ismning ma’nosini ilmli insonlardan so‘rab keyin qo‘yishi lozim bo‘ladi. Shohsanam yoki Gulsanam kabi ismlarni qo‘yish joiz emasdir. Vallohu a’lam.

Savol: Hozirda 3-farzandimga homiladorman. Tekshiruvga borganimda qiz farzand deyishdi (yanayam Alloh bilguvchidir). Xudo xohlasa ismini Safina deb qo‘ymoqchi edik. Safina Nuh (a. s. ) ning kemalarining nomi ekan. Farzandimizga shu ismni qo‘ysak bo‘ladimi?

Javob: Farzandingizga yaxshi ma’noga dalolat qiladigan ismlarni qo‘yishingiz kerak. Siz savolda zikr qilgan “Safina” so‘zi arab tilida “kema” degan ma’noni anglatadi. Farzandga go‘zal ism qo‘yish ota-onaning vazifalaridan biridir. Vallohu a’lam.

Savol: Jiyanimning ismi Maftunaxon. Bu ismning ma’nosini yaxshi emas deb eshitdim, shu to‘g‘rimi?

Javob: Arab tilida bu so‘z ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Maftuna degan so‘zining arab tilidan tarjima qilngan ma’nosi “Biror narsaga qattiq berilgan”, “to‘g‘ri yo‘ldan ozgan” va “aqli o‘g‘irlangan”, “kuydirilgan” kabi ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun bunday ismni qo‘ymaslikni maslahat beramiz. Vallohu a’lam.

Savol: Muhriddin ismining manosi xaqida so‘ramoqchi edim. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.

Javob: Arab tilida “Muhrun” deb toychoqqa aytiladi. Bu ism urfimizda bor bo‘lsa-da, lekin dindorlar ichida urf bo‘lgan ismlardan hisoblanmaydi. Bu ismning ma’nosini biror ta’vil bilan aytadigan bo‘lsak, “dinning yosh o‘g‘loni” yoki “Yoshligidan dindor” degan ma’nolarni umid qilish mumkin. Vallohu a’lam.

Savol: Yaqinda o‘g‘illi bo‘ldik ismini Alazim qo‘ymoqchimiz. Bu ism Yaratganning ismlaridan biri, bandalarga Abdulazim deb ism qo‘yiladi deyishdi. Katta o‘g‘limning ismi Alaziz, uning ham ismini o‘zgartirish lozim deb aytishdi. Ushbu masalada tushuntirish bersangiz.

Javob: Ha, ism qo‘yishda Alloh taoloning go‘zal ismlari oldiga “abdu” so‘zini qo‘yib, ism qo‘yiladi. Siz Abdulazim deb ism qo‘ying. Katta o‘g‘lingizning Alaziz ismini esa Aziz deb yoki Abdulaziz deb o‘zgartiring. Ism qo‘yish muhim amal hisoblanadi. Shuning uchun inson o‘ziga yoqib qolgan ismni farzandiga qo‘yib yuboravermay, bu ismning ma’nosi nima va shu ismni qo‘yish mumkinmi yoki yo‘qmi, bu haqida ilm egalaridan so‘rab, so‘ng ism qo‘yishi lozim bo‘ladi. Ming afsus, musulmon xalqimizdan ayrim kishilar o‘z farzandlariga musulmon bo‘lmagan, ijtimoiy hayot tarzi bizga noma’lum bo‘lgan futbol yulduzlari kabi sportchilarning ismini yoki ba’zi hind aktrisalarining ismini qo‘yishyapti. Bunday ism qo‘yish farzandning haqqini poymol qilish hisoblanadi.

Savol: Alloh nasib etib, o‘g‘il farzandli bo‘lsam A’malmuhammad deb ism qo‘ysam bo‘ladimi?

Javob: Siz aytgan ism to‘g‘ri ma’noni anglatmaydi. Shuning uchun bunday ismni qo‘yishdan saqlaning.

Savol: Turklardagi Elif ismini qizimizga qo‘ysak bo‘ladimi? Turkiyani ham musulmon davlat deb eshitgandim.

Javob: Turkchadagi «Elif» so‘zi arab alifbosining bosh harfi «Alif» deganidir. Bu bir harfning nomi xolos. Boshqa bir ma’nosi yo‘q. Siz qizingizga boshqa biror chiroyli ma’noga ega ism qo‘yganingiz yaxshiroq. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati

Tavsiya etilmaydigan ismlar