TATU’ga elektron shaklda hujjat topshirish

TATU’ga elektron shaklda hujjat topshirish

TATU'ga elektron shaklda hujjat topshirish

«Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi bilan birgalikda «TOSHKЕNT AXBOROT TЕXNOLOGIYALARI UNIVЕRSITЕTI BAKALAVRIAT YO’NALISHLARIGA ELЕKTRON SHAKLDA XUJJATLARNI QABUL QILISH» pilot loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bazasida abituriyentlarga taqdim etish uchun tadbiq etilmoqda. Ushbu xizmat abituriyentlarga elektron raqamli imzoni qo’llagan holda yagona portal orqali masofadan turib TATU qabul komissiyasiga xujjatlarni topshirish imkonini beradi.

  1. Xizmatning ish rejimi: 2017 yil 15 iyun soat 9:00 dan – 2017 yil 10 iyul soat 18:00 ga qadar faol holatda bo’ladi.
  2. Yagona portal orqali xujjatlarni yuborishda elektron raqamli imzo (ERI) talab qilinadi (ERIni Soliq inspeksiyasining tuman va shahar bo’linmalaridan olish mumkin).
  3. Abituriyent elektron variantda quyidagilarga ega bo’lishi lozim:

rangli fotografiya 3,5×4,5 o’lchamda (Rangli fotografiyaga talablar: rangli, JPG, JPEG yoki PNG formatda, orqa fon oq va rasmiy kiyimda. Shu bilan birga, fotografiyaning asl nusxasini dasturiy vositalar bilan o’zgartirish qat’iyan ma’n etiladi. Shu kabi harakatlarga yo’l qo’ygan murojaatchiga xizmat orqali xujjatlarni yuborish va qabul qilish ruxsat etilmaydi)

Quyidagi xujjatlarni skanerlangan nusxalari:

  • o’rta maktabni tugallaganligini tasdiqlovchi xujjat (attestat) yoki o’rta maxsus yoki kasb hunar ta’lim muassasasi xujjati (diplom)
  • harbiyga chaqiruvga aloqadorligi haqidagi xujjat (harbiy bilet yoki b.)
  • abituriyentni shaxsini tasdiqlovchi xujjat (Pasport)

* Izoh: Xujjatlarni muvaffaqiyatli yuborgan va qabul qilinganligi haqida ma’lumotnoma olgan abituriyentlar Davlat test markazi tomonidan beriladigan «DTM ruxsatnomasi»ni olgani kelganida TATU Qabul komissiyasiga biometrik ma’lumotlarni berib ketishlari shart.

4. Abituriyentga 3 kun mobaynida Yagona portalda ro’yxatdan o’tayotgan vaqtida kiritgan mobil telefon raqami, elektron pochta manzili yoki shaxsiy kabinetiga xujjatlari qabul qilinganligi haqida tasdiq xati yuboriladi.

    Ushbu xizmat quyidagilarga imkon beradi:

  • Jarayonning shaffofligini ta’minlash
  • 7/24 rejimida uzluksiz ishlashni ta’minlash
  • Viloyatlardan kelgan abituriyentlarni yo’l va kunlik harajatlarini iqtisod qilish
  • Vaqtni tejash

Manba:

Yangiliklar
TATU’ga elektron shaklda hujjat topshirish