Tasviriy san’at darsliklari

Tasviriy san’at darsliklari

O‘zbek xalq og‘zaki ijodi
  • O‘zbek xalq maqollari
  • O‘zbek xalq ertaklari
  • O‘zbek xalq topishmoqlari
  • O‘zbek mumtoz adabiyoti
  • Zamonaviy o‘zbek she’riyati
  • Muxlislar ijodidan
  • Barcha kitoblar
  • Ziyouz jurnalxonasi
  • Ziyouz audiokutubxonasi
  • Mobil kutubxona
  • Maktab darsliklari
  • Oliy va OMTM darsliklari
  • Durdona to‘plamlar
  • Android uchun kitoblar
  • Videogalereya
  • Узбекская библиотека
  • Islomiy sahifamiz
  • Forum
  • Kross-shou
  • Foydali sahifalar
  • Saytdan qidirsh
  • Ziyouz viktorinasi arxivi

Tasviriy san’at

Farzandlarimizni nozik did sohiblari etib tarbiyalashda tasviriy san’at fanining ahamiyati katta bo‘lib, xalq hunarmandchiligi, xususan, amaliy bezak san’ati, badiiy hunarmandchilik, me’morchilik va dizayn san’ati sirlaridan voqif etadi. Darslarning rang-barang, mazmunli va qiziqarli tashkil etilishi o‘g‘il-qizlarimizning badiiy tafakkurini ham o‘stiradi.

— san’at asarlarining ijtimoiy mohiyati va ahamiyatini anglash, idrok etish va baholash, ularga estetik munosabat bildirish ko‘nikmasini rivojlantirish;

— atrof-muhit, borliqdagi va san’at asarlaridagi estetik holatlarni anglashga oid bilim va malakalarini shakllantirish;

— tasviriy san’atning turlari (rangtasvir, grafika va haykaltaroshlik), janrlari (portret, natyurmort, manzara), qonuniyatlari (kompanovka, kompozitsiya, ritm, faktura, yorug‘ va soya kabilar), ifodaviy vositalari (rang surtmasi, chiziq, faktura) bilan tanishtirish orqali ularning tasvirlash, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish;

— tasviriy san’atning nazariy va amaliy asoslari haqidagi bilimini boyitish asnosida barkamol avlodni tarbiyalashning muhim komponentlari — o‘g‘il-qizlarda estetik did, estetik ong, badiiy tafakkur va tasviriy savodxonlikni shakllantirish va rivoj­lantirishga xizmat qiladi.

Shu bois tasviriy san’at darsliklari mustaqillik yillarida yaratilgan tarixiy, badiiy va milliy ruhdagi asarlar bilan boyitib borilmoqda. Jumladan, bu yil 1-sinf “Tasviriy san’at” (R.Hasanov) darsligiga O‘zbekiston xalq rassomlari R.Xudoy­berganovning “Sijjakda kuz”, G‘.Abdu­rahmonovning “Kuz” manzara asari, haykaltarosh I.Jabborovning “Baxtiyor ona” asari yangidan kiritildi.

4-sinf “Tasviriy san’at” (A.Sulaymonov va boshqalar) darsligi yangidan yaratildi. Kitobda mavzular ketma-ketligi tabiatdagi o‘zgarishlar, milliy bayramlarimiz va yil taqvimiga mos tarzda tuzilgan. Darslikdagi tasviriy san’at namunalari o‘quvchining psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda tanlangani bilan ahamiyatli. Darslik bilan birgalikda o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma ham taqdim etilgan. Ushbu qo‘llanma darslarni yanada mazmunli, sifatli tashkil etish imkoniyatini kengaytiradi.

5-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan “Tasviriy san’at” (T.Qo‘ziyev, S.Abdirasilov, O‘.Nurtoyev) kitobidagi ayrim mavzularga o‘zgartirishlar kiritildi. Tasviriy san’atga oid rasmlar zamonaviylari bilan almashtirildi.

Joriy yilda o‘qituvchilar va 8—9-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallab “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtidorli o‘quvchilari uchun chizmachilikda konstruktorlash masalalari” (I.Rahmonov) o‘quv qo‘l­lanmasi yaratildi. Qo‘llanma yoshlarning tasviriy san’atga oid bilimlarini boyitishga hamda mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ushbu fan mavzularini o‘tishda o‘qituvchilar qo‘shimcha manbalardan ham foydalanishi tavsiya etiladi. Bunda o‘quvchilarning mustaqil ishlashiga, ijodkorlik qobiliyatini namoyon etishiga imkoniyat yaratiladi. Buning uchun muallim mavzulararo izchillik va uzviylikka, janrlararo xilma-xillikka e’tibor qaratishi lozim bo‘ladi. Shuningdek, noan’anaviy, inter­faol metodlardan foydalanish darslarning qiziqarliligini ta’minlab, o‘quvchilarning fanni o‘rganishga ishtiyoqini oshiradi. Shuni unutmaslik kerakki, o‘qituvchi tomonidan fanga oid har bir mavzuning qiziqarli usullar orqali ochib berilishi o‘quvchining estetik dunyoqarashini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

An’anaviy avgust kengashlari o‘qituv­chilarimizning kelgusi o‘quv yili uchun bir yillik rejasini tuzib olishga, ta’lim sifatini oshirishning samarali usullaridan foyda­lanishga turtki bo‘­ladigan jarayondir. Shunday ekan, mukammal reja tuzish orqali ushbu maqsadga erishiladi. Bu muallim­larimizning o‘quv yili oldidan tashkil etiladigan seminarlarda fan mavzularini batafsil muhokama qilib olishlarini taqozo etadi. Tasviriy san’at ta’limi bo‘yicha an’anaviy avgust kengashi sho‘ba yig‘ilishlarida muhokama qilish uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:

1) Tasviriy san’at fanini o‘qitishda o‘quvchilarning nazariy, amaliy-tasviriy jihatdan puxta bilim olishiga erishish va bu jarayonda o‘qituvchining izlanuv­chanligi masalasi;

2) Tasviriy san’at mashg‘ulotlarini tabiat qo‘ynida tashkil etishning afzal­liklari;

3) Ommaviy axborot vositalarida chop etilgan badiiy ta’lim mazmuni va metodikasiga oid materiallardan tasviriy san’at darslarida foydalanish;

4) Tasviriy san’at darslarida o‘quvchilarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillariga e’tibor qaratish;

5) Tasviriy san’at fanini o‘qitishda madaniy merosimizdan unumli foyda­lanish;

6) Ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda darsdan tashqari yumushlarning uyg‘unligini ta’minlash;

7) Tasviriy san’at fanining mukammal o‘qitilishi uchun moddiy va metodik ta’minotini yaxshilashda ota-onalar bilan ishlashning ahamiyati;

8) Tasviriy san’atdagi oqim va yo‘na­lishlarda ko‘rgazmalilik, illustratsiya va reproduksiyalarni tashkil etish;

9) Tasviriy san’at darslarida o‘quv texnik vositalar, elektron darslik va multimedialardan foydalanish amaliyoti va istiqbollari.

Axborot – kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib tasviriy san‘at ta‘limi samaradorligini oshirish metodikasi

Махкамова S., & Жаббаров R. (2022). Axborot – kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanib tasviriy san‘at ta‘limi samaradorligini oshirish metodikasi. Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 27–29. извлечено от ://inlibrary/index.php/zitdmrt/article/view/5097

Саодат Махкамова, Nizomiy nomidagi TToshkent davlat pedagogika universiteti

Tasviriy san‘at kafedrasi dotsent v.b.

Рустам Жаббаров, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti

Tasviriy san‘at kafedrasi katta o‗qituvchisi

Ключевые слова:

Аннотация

Ushbu maqolada o’quvchilarning tasviriy san’at darslari orqali badiiy ijodiy faoliyatga tayyorlashning dolzarb masalalari yoritilgan

Похожие статьи

5. Kayumov, O. (2021). SCIENTIFIC AND THEORETICAL BASIS OF DEVELOPMENT
AND INTRODUCTION OF INNOVATIVE METHODS IN INCLUSIVE EDUCATION.
Scienceweb academic papers collection.

AXBOROT – KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB
TASVIRIY SAN‘AT TA‘LIMI SAMARADORLIGINI OSHIRISH METODIKASI

Maxkamova Saodat Baxtiyarovna

Nizomiy nomidagi TDPU, Tasviriy san‘at kafedrasi dotsent v.b.

Jabbarov Rustam Ravshanovich

Nizomiy nomidagi TDPU, Tasviriy san‘at kafedrasi katta o‗qituvchisi

Annotasiya:

Ushbu maqolada o‘quvchilarning tasviriy san‘at darslari orqali badiiy

ijodiy faoliyatga tayyorlashning dolzarb masalalari yoritilgan

Kalit so‗zlar:

Rang tasvir, kompozitsiya, perspektiva, bo‗yoq, rang va tus, shtrix, nisbat,

hajm, joylashtirish, uyg‗unlik, yorug‗ va rang munosabatlari.

Xozirgi kunda o‗quvchi yoshlarga ta‘lim – tarbiya berish, ya‘ni ularni har tomonlama

davlat ta‘lim standartlari talablariga javob beradigan yetuk malakali mutaxassis darajasida
tayyorlash mamlakatimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Bu haqda kadrlar tayyorlash milliy
dasturida shunday deyiladi; ―Inson, uning har tomonlama uyg‗un kamol topishi va farovonligi,
shaxs manfaatlarini ro‗yobga chiqarishning sharoitlarini va ta‘sirchan mexanizmlarini yaratish,
eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‗zgartirish Respublikada amalga
oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy
intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan,
texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini
shakllantirish O‗zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir‖.

Darhaqiqat Respublikamizning ―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonuni va kadrlar tayyorlash

milliy dasturi asosida mamlakatimizdagi ta‘lim muassasalarida har tomonlama intelektual
kadrlar tayyorlash va ularga ta‘lim –tarbiya berish usullarini takomillashtirishning yangi
yo‘llarini izlab topish hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga juda katta e‘tibor
qaratilmoqda. Jumladan ta‘lim jarayonida axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanish
ham yaxshi samralarni berishi ko‗pgina tadqiqot va amaliy ishlarida o‗z tasdig‗ini topib
kelmoqda.

Bizga ma‘lumki hozirgi kunda deyarli barcha fanlarni o‗qitishda axborot komunikatsion

texnologiyalaridan keng qo‗llanilib kelinmoqda. Misol uchun geografiya fanini oladigan bo‗lsak
o‗quvchilarga dunyo mamlakatlarining go‗zal tabiati, hayvonot dunyosi va u yerda yashovchi
xalqlar tog‗risida ma‘lumot berishda faqatgina ma‘ruza va foto ko‗rgazmalar bilan chegaralanib
qolmay balki ular haqida turli vidyo filmlar axborot komunikatsion texnologiyalari orqali
namoyish etib kelinmoqda, bu esa o‗z navbatida ijobiy natija bermoqda. Sababi o‗quvchilar
o‗sha namoyish etilayotgan mamlakatni jonli tasvirini ko‗rish orqali chuqurroq tasavvur va
bilimga ega bo‗ladilar. Bu kabi misollarni boshqa fanlar kesimida ham ko‗plab keltirish mumkin.
Ammo biz hozir boshqa fanlarni emas balki tasviriy san‘at darslarida axborot komunikatsion
texnologiyalaridan foydalanish ijobiy natija beradimi yo‘qmi shuni ko‗rib chiqamiz. Bizningcha
tasviriy san‘at darslarida axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanish albatta ijobiy
natija beradi. Chunki oldin o‗quvchilarga tasviriy san‘at darslarida rassomlarni ayrim
asarlarining faqatgina reproduksiyalarni ko‗satar edik, yoki bo‗lmasa yurtimiz va jahon
muzeylari haqida ma‘lumot bermoqchi bo‗lsak ba‘zi kitoblardagi foto suratlardan foydalanar
edik. Ayni vaqtda esa axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanib yurtimiz va jahon
muzeylari haqida va rassomlarning asarlarini asl nushalari tasvirga olingan vido roliklarini
o‗quvchilarga havola etib bilim darajalarini sezilarli darajada oshirishga erishmoqdamiz.

Axborot komunikatsion texnologiyalaridan foydalanishning yana bir ahamyatli tomoni

shundak, o‗quvchilarga malakali rassomlar tomonidan bajarilgan o‗quv mashg‗ulot ―Master

klass‖larni namoyish etish orqali ularga buyumlarni, tabiat manzaralarini, hayvonot dunyosini,
tabiat gultoji bo‗lgan inson qiyofasini tasvirlashni va rang imkoniyatlaridan qanday foydalanish
kerakligini o‗rgatish va tasviriy savodxonligini rivojlantirish mumkin.

Bizga ma‘lumki umumiy o‗rta ta‘lim maktablarining barcha o‗quv mashg‗ulot

xonalarida oddiy yozuv taxta (doska) mavjud. Dars jarayonida bunday yozuv taxtalaridan barcha
fan o‗qituvchilari keng foydalanadi, ammo tasviriy san‘at fani o‗qituvchilari esa hamma vaqt
ham bunday yozuv taxtasidan keng foydalana olmaydilar, sababi tasviriy san‘at fanidagi
mavzularning asosiy qismi rang bilan bog‗liq. O‗zingizga ma‘umki sinf yozuv taxtasiga biror
manzara yoki natyurmortni rang bilan tasvirlab bo‗lmaydi bunday holatda tasviriy san‘at
o‗qtuvchilari uchun elektron doska bo‗lsa tasviriy san‘at bo‗yicha ta‘lim sifati samaradorligi
ijobiy tomonga o‗zgarar edi.

Chunki elektron doskada chizilayotgan tasvirga rang berish imkoniyati ham mavjud.

Bunda o‗quvchilar o‗qituvchi tomonidan bajarilayotgan tasvirlar va rang tanlash hamda rang
berishning metodik ketmaketligini kuzatish va birga bajarish imkoniyatiga ega bo‗ladilar.

Biz yuqorida tasviriy san‘at darslarida axborot komunikatsion texnologiyalaridan

foydalanishning ayrimlarini ko‗rsatib o‗tdik.

Xulosa qilib aytganda tasviriy san‘at darslarining kerakli vaqtida axborot komunikatsion

texnologiyalaridan keng foydalanilsa tasviriy san‘at bo‗yicha mutaxasislarni tayyorlash sifati
samarali bo‗ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1. Saodat Makhkamova Bakhtiyarovna. (2021). QUESTIONS OF PREPARING FUTURE
TEACHERS FOR ARTISTIC GAFUR ABDURAKHMANOV ANALYSIS OF WORKS OF
FINE

Qiziqarli malumotlar
Tasviriy san’at darsliklari