TASMANIYA

TASMANIYA

TASMANIYA — Avstraliyaning jan. sharqiy qirgʻogʻi yaqinidagi orol. Materikdan Base boʻgʻozi orqali ajralgan. Atrofidagi orollar bilan Avstraliyaning Tasmaniya shtatini tashkil etadi. Shtat mayd. 68,4 ming km2. Aholisi 470 ming kishi (2000), asosan, inglizavstraliyaliklar. Maʼmuriy markazi — Xobart sh. Orol qirgʻoklari qoyali, tik. Markaziy qismi oʻrmonlar, baland boʻyli oʻtlar bilan qoplangan plato, eng baland joyi 1617 m (Ossa togi). Iqlimi shim. da subtropik, jan. da moʻtadil nam iklim. Yiliga 600—2100 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari sersuv va serostona. Tuproklari qoʻngʻir oʻrmon, togʻoʻtloqi sariq va qizil tuproq. Evkaliptli va igna bargli oʻrmonlar, oʻtloq va botqoqliklar bor. Hayvonot dunyosi Avstraliya zoogeografik oblastit mansub.

Ensiklopediya.uz
TASMANIYA