TASMAN DENGIZI

TASMAN DENGIZI

TASMAN DENGIZI — Tinch okeanning chekka dengizi. Gʻarbdan Avstraliya bilan Tasmaniya o., sharkdan Yangi Zelandiya, Norfolk va Yangi Kaledoniya o. lari oʻrab turadi. Mayd. 3336 ming km2. Eng chukur joyi 6015 m. Suvining trasi yuza qismida fev. da shim. da — 27°dan jan. da 14—15°gacha, avg. oyida shim. da 23°dan jan. da 9—11°. Shoʻrligi 35—35,5%o. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (5,3 m gacha). Baliq ovlanadi. Asosiy portlari: Sidney, Brisben, Nyukasl, Oklend, NyuPlimut. Dengiz sayyox. A. Tasman nomi bilan atalgan.

Ensiklopediya.uz
TASMAN DENGIZI