TASHXIS
TASHXIS, diagnoz — kasallikning xususiyati, mohiyati va bemorning ahvoli qaqida vrachlar bergan qisqacha taʼrif, xulosa, kasallikning nomi. Bemorni toʻgʻri davolash uchun Tashxis aniq qoʻyilishi shart. Toʻgʻri Tashxis qoʻyish uchun bemorda kasallikning oʻtish xususiyatlarini bilish, kasallik belgilarini barcha usullar bilan oʻrganish va b. kasalliklarning belgilariga taqqoslab koʻrish kerak. Tashxisni rasmiylashtirishda asosiy kasallikdan tashqari, unga qoʻshilgan yoʻldosh kasalliklar ham koʻrsatiladi. Erta. qoʻyilgan (kasallikning boshlangʻich belgilariga koʻra), klinik (tekshirishlar natijasiga asoslanib), differensial (farqlash), funksional (aʼzolar funksiyasini tekshirib), davo natijalariga qarab qoʻyilgan, shuningdek, vafotdan keyingi (patologoanatomik) va boshqa Tashxislar farq qilinadi. Har qanday kasallikni (mas., rakni) oʻz vaqtida aniqlab, toʻgʻri Tashxis qoʻyilgandagina davolash natijasi samarali boʻladi.
Ensiklopediya.uz
tashxis