TASHKILIY TEXNIKA

TASHKILIY TEXNIKA

TASHKILIY TEXNIKAboshqaruv va muhandisliktexnikaviy ishlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishda foydalaniladigan texnika vositalari majmui. Unga hujjatlar tayyorlaydigan qurilmalar (mas., yozuv mashinkasi, kompyuter, printer va h. k.), nusxa koʻchirish apparatlari (foto, yorugʻlik, ksero…, elektrfoto, termo…, elektron va h. k.), hujjatlarni ishlash, saklash va avtomatik tarzda izlash vositalari (mexanizatsiyalashtirilgan kartotekalar, avtomatik izlash qurilmalari va h. k.), chizmachilikloyihalash asbobuskunalari (chizmachilik asboblari, taxtalari, stollari va h. k.), hisoblash qurilmalari (logarifmik lineykalar, elektron kalkulyatorlar), ichki va tashqi aloqa vositalari (telefon, telegraf, teletayp va h. k.) va b. kiradi. Bulardan tashqari mebellar, kichik Tashkiliy texnika vositalari (ruchkaqalam, oʻchirgich, xatxabarlarni ishlash mashinalari va h. k.)ni ham Tashkiliy texnikaga kiritish mumkin. Muassasa, tashkilot, korxona, firmalar va birlashmalardagi ish yuritish sifati, tezkorligi, ish samaradorligi, unumdorlik, saranjomsarishtalik koʻp jihatdan Tashkiliy texnikaga bogʻliq.

Ensiklopediya.uz
TASHKILIY TEXNIKA