Tashkent Crypto Weekend
23-sentabr shanba kuni, Toshkentdagi Kitob olami kitob kompleksida CodingMonday va Blockchain Uzbekistan tomonidan Tashkent Crypto Weekend tashkil etilmoqda. Bu tadbir O’zbekistonda birinchi blokcheyn bo’yicha tashkil etilayotgan konferensiya bo’lib, unga O’zbekistonlik va chet ellik mutaxassislar taklif etilgan.
Ushbu tadbirda quyidagi mavzu bo’yicha chiqishlar qilinadi:
1. Blokcheyn hamma uchun. Bu nima va uning yordamida hozirgi kunda nimalar qilish mumkin(rus tilida).
15:00 — 15:30 Shaxruz Ashirov, Mentor, marketolog.
2. Eksklyuziv yoki hammabop blokcheyn: korporativ yechimlar uchun nimadan foydalanish kerak(rus tilida).
15:40 — 16:10 Aleksandr Mazaletskiy, dicoiner.com blokcheyn jamoasi asoschisi, bosh mutaxassisi va direktori. Moliyaviy va korporativ yechim yaratish bo’yicha 10 yilik malakaga ega mutaxassis.
3. Coin minin» haqida batafsil ma’lumot(o’zbek tilida).
16:20 — 16:50 Sanjarbek Nasirbekov, Latienda.uz asoschisi, kirptovalyuta bo’yicha mutaxassis, mayning bo’yicha konsultant.
4. Blokcheyn va davlat tashkilotlarida undan foydalanish(rus tilida).
17:00 — 17:30 Slava Koronbeynikov, Internet mahsulotlar rahbari.
5. BitShares: u nima va u nima uchun kerak(rus tilida)?
17:30 — 18:00 Ruslan Salixov, blockchain.uz asoschisi, dasturchi.
Ushbu tadbirda qatnashish uchun oldindan ro’yxatdan o’tish kerak bo’ladi.
Tadbirning facebookdagi sahifasi.
Yangiliklar
Tashkent Crypto Weekend