TARVUZ URUG’I foydalari
TARVUZ URUG’I foydalari Tarvuz urug’i tarkibida antioksidant moddalari juda ko’p. Shuning uchun imkon qadar urug’ini ajratmasdan, uni chaynab yeyishga (men doim shunday qilaman) harakat qiling. Agar butunligicha yutib yuborsangiz undagi kerakli moddalar urug’ ichidan chiqmasdan, butun holatda kanalizatsiyaga ketadi. Antioksidantlar nima uchun kerak? Bu moddalar insult kasalligidan himoya qiladi. Yaʼni, qon oqimidagi oksidlangan yogʻlarning paydo boʻlishini oldini olib, miyadagi kichik qon tomirlarning o’ta sezgir devorlariga zarar yetkazilishini oldini oladi. Shuningdek, ular arterial qon tomirlarning devorini qayishqoqlogini oshiradi, tromblarni shakllanishiga toʻsqinlik qiladi, qon bosimini pasaytiradi va yalligʻlanishni kamaytiradi. Erkin radikallar (oksidlovchilar) oqsil tuzilishiga zarar yetkazadi va ularni immunitetimiz tanimaydigan qilib qo’yadi. Natijada allergik yoki autoimmun kasalliklar rivojlanadi. Sabzavotlar, rezavor mevalar, ko’katlar, urug’lar va ziravorlar antioksidantlarga boy boʻlib, tizimli yalligʻlanishga qarshi ancha yaxshi kurashadi. @taomlanish_ilmiTARVUZ URUG’I foydalari
DO`STLARGA ULASHING:
Mana nima uchun antioksidantlar kerak!
TARVUZ URUG’I foydalari