TARTU UNIVERSITETI
TARTU UNIVERSITETI — Estoniyadagi yirik va qad. oliy oʻquv yurti. Tarixi 1632-y. Tartuda tashkil etilgan va 1710-y. gacha faoliyat yuritgan Gustavian akademiyasidan boshlanadi. 1802-y. Derpt unti nomi bilan qayta ochilgan. 1893—1919-y. larda Yuryev unti deb nomlangan. 1919-y. dan hoz. nomda. 1918-y. T. u. ning Voronejga evakuatsiya qilingan boʻlimi negizida Voronej unti, 1946-y. unt boʻlimlari asosida Estoniya FA ning bir necha i. t. instituta, 1951-y. Estoniya Q. x. akademiyasi tashkil topgan. Fizika, mat., kimyo, biol., tibbiyot, geogr., tarix, filol., iqtisodiyot, huquq, ped. va b. ixtisosliklar, shuningdek teologiya boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bir nechta muammoli va soha lab. lari, botanika bogʻi, muzeylari, kutubxonasi (3 mln. dan ortiq asar) mavjud. 7 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. «Ilmiy asarlar» nashr etadi.
Ensiklopediya.uz
TARTU UNIVERSITETI