TARTU haqida to’liq ma’lumot oling

TARTU haqida to’liq ma’lumot oling

TARTU — Estoniyadagi shahar. Emayiga daryosining har ikkala sohilida, Tallindan 187 km jan. sharkda. Dare porti. Tartu va shosse yoʻllar tuguni. Aholisi 100,1 ming kishi (2000). Tartu 5-a. dan maʼlum, 1030-y. manbalarida Yaroslav Mudriy qayta kurgan Yuryev kalʼasi sifatida tilga olinadi. 1224— 1893-y. larda Derpt, 1893-y. dan yana Yuryev, 1919-y. dan Tartu deb atalgan. 1941-y. 24-iyuldan 1944-y. 25 avg. gacha Tartuni nemis fashistlari egallab turgan. Urushdan keyingi yillarda shahar qayta qurildi. Sanoat ahamiyati jihatidan va madaniy markaz sifatida T. Estoniyaning Tallindan soʻng 2shahri. Asosiy sanoat korxonalari: priborsozlik zdi, «Voʻyt» qishloq xoʻjaligi. mashinalari zdi, temirbeton buyumlar zdi, sut va goʻsht ktlari, shuningdek, koʻnpoyabzal, toʻqimachilik, polifafiya sanoati korxonalari. Tartuda Tartu universiteti va Estoniya qishloq xoʻjaligi. akademiyasi, 5 muzey, musikali drama teatri bor. T. ning meʼmoriy qiyofasi 19—20-a. larda vujudga kelgan. Koʻpchilik binolari klassik uslubda qurilgan (jumladan, Ratusha, 1789-y.). Gotika uslubida qurilgan ikki inshoot — Yaan cherkovi hamda PyotrPavel sobori saklanib qolgan (ikkalasi ham 13— 14-a. lar).

Malumotlar
TARTU