TAROZIY

TAROZIY

TAROZIY Nasrulloh Mubashshir at-Taroziy (1922.15.3, Taroz — 2002.20.4, Qohira) — yirik islom ulamosi, tarixchi, adib. Sayyid Mubashshir Taroziyning katta oʻgʻli (Amir Said Olimxonnint kuyovi). Fors tili va adabiyoti dri. (1949), prof. (1970). Qohiradagi «Dor ulkutub» kutubxonasi nodir qoʻlyozmalar boʻlimida ishlagan (1951—84). 36 jildlik qoʻlyozma kitoblar katalogini nashr qildirgan. Aynush Shams va alAzhar untlarida turk va fors tillari va adabiyotidan . dare bergan. «Amir Temur va Temuriylar haqida Misr kutubxonasida saqlanayotgan manba va qoʻllanmalar fihristi» (1996; 450 bet) ni nashr ettirgan. 1996—99 y. larda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan xalqaro konferensiyalarda qatnashib, Imom Buxoriy, Ahmad alFargʻoniy, Amir Temur va Jaloliddin Manguberdi faoliyati xaqida maʼruzalar qilgan. Taroziyning sheʼriy devoni ham bor. Otaturk til, tarix va madaniyat akademiyasi (Ankara) aʼzosi. Istanbuldagi Marmara unti tomonidan Taroziyga turk tili va adabiyoti dri (faxriy) unvoni (1995), Toshkent davlat sharqshunoslik inti tomonidan falsafa fanlari dri faxriy unvoni (1996) berilgan. Qozogʻiston FA faxriy akad., Taroz sh. ning faxriy fuqarosi edi (2001).

Ensiklopediya.uz
TAROZIY