TAROZI
TAROZI — jismga taʼsir etuvchi ogirlik kuchi asosida jismlar vaznini aniqlaydigan asbob. T. qad. oʻlchash asboblaridan. Ikki yelkali va tarelkasimon pallali oddiy Tarozi qad. Bobilda mil. av. 2,5 ming yillikda va Misrda mil. av. 2 ming yillikda paydo boʻlgan. Savdo, i. ch. va fanning rivojlanishi bilan Tarozi astasekin takomillashib borgan. Tarozining umumiy maqsadlarga moʻljallangan, namuna (etalon; toshlarni tekshirish uchun) va lab. (analitik, mikroanalitik, namuna anikdanadigan va b.) turlari bor. Ishlash tarzi boʻyicha richagli, elektrometrik, gidrostatik, gidravlik va prujinali xillarga boʻlinadi. Tortish chegarasi boʻyicha umumiy maqsad uchun moʻljallangan Tarozining stol ustiga oʻrnatiladigan — 50 kg gacha, koʻchma — 50 kg dan 6 t gacha, muqim (vagonetka, avtomobil, vagon, elevatorbunkerlarni tortish uchun) — 5t dan 200 t gacha yukni torta oladigan xillari bor (rasmga k,.).
Ensiklopediya.uz
TAROZI