TARONA haqida to’liq ma’lumot oling

TARONA haqida to’liq ma’lumot oling

TARONA (fors.) — qoʻshiq, ashula turi. Oʻtmishda ruboiy shaklidagi sheʼrlar bilan ijro etiladigan qoʻshiq va ashulalar Tarona deb yuritilgan. Tarona atamasi, ayniqsa 14—15 a. lardan keng qoʻllanila boshlagan. Najmiddin Kavkabiy va Darvishali Changiypshnt musiqa risolalarida kuy (qoʻshiq)ning muayyan shakli sifatida tushuntirilgan; Oʻn ikki matsom tizimida Ushshoq maqomi Tarona deb xam atalgan. «Tarona» atamasi bizgacha maqomlarning tarkibiy qismi (xususan, 15—17 a. larda keng qoʻllanilgan naqsh, amal, kor, qavl, rexta, sajʼ, savt, zarbayn kabi kuy va qoʻshiq shakllari)ning umumlashgan nomi sifatida yetib kelgan. Ularni Shashmaqom, Xorazm va FargʻonaToshkent makom turkumlari . tarkibidagi Taronalar orkali tasavvur etʻish mumkin. Jumladan, Shashmaqom ning 1gurugʻ shoʻbalari tarkibidagi Tarona larning umumiy soni 57 ta boʻlib, ular hajman ixcham koʻrinishdan tortib, shaklan rivojlangan, bastakorlik ijodiyotiga mansub ashulalargacha boʻlgan namunalarni oʻzida mujassam etgan (mas., xalq qoʻshigʻiga yaqiya boʻlgan Saraxbori Dugoxning 2 T. si, bastakorlik ijodiyotiga mansub 6T. si) va b. Xorazm maqomlari turkumida sof «Tarona» nomli yoʻllaridan tashqari, oʻzga maqomlarda uchramaydigan Suvora, Naqsh, Faryod kabi ashula qismlari mavjud. Taronaga turdosh mazkur aytimlarning musiqiy tuzilishi asosan rivojlangan shoʻba shakliga moye keladi, ularning har biri murakkab usullariga asoslanib, mumtoz shoirlar sheʼrlari bilan aytiladi. Fargʻona — Toshkent maqomlari tarkibida dastlabki qismlardan keyin keluvchi ashulalarning ayrimlari oʻzining tuzilishi, vazni va doyra jihatidan Taronalarni eslatadi. Ushbu turkum taronalari ham Xorazm maqom taronalari singari shaklan shoʻbalar darajasiga yetgan ashulalardir. Mazkur Tarona larning musiqiy tili ham, uslubi ham murakkab. Baʼzan Tarona larning kuy rivojida namudlar ham uchraydi. Taronalar koʻpincha 3/4, 4/4, 3/4=3,8, 3/4Q4/4, 6/4 va, hatto murakkab 13/4 oʻlchovidagi Suvora usuliga bogʻlab aytiladi. Maqom Tarona lari makrmlarning 2 asosiy shoʻbasini oʻzaro bogʻlaydi, hajman yirik, tabiatan vazmin asosiy shoʻbalar orasida yangilanish (kontrast)ni yuzaga keltiradi, asosiy shoʻbalarning ijrochi (yetakchi hofiz)lariga dam olish imkoniyatini yaratadi. Tarona atamasi hoz. zamon musiqa amaliyotida kuy, ogʻang maʼnosida ham keng qoʻllaniladi (mas., «Sharq taronalari», «Chang taronalari»).

Shahnoza Oyxoʻjayeva.

Malumotlar
TARONA