TARJIMA

TARJIMA

TARJIMA — bir tildagi matnni boshqa tilda qayta yaratihsan iborat adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim koʻrinishi. Asliyat va qayta tiklangan matn xususiyatiga qarab badiiy Tarjima, ilmiy Tarjima va b. turlarga ajratiladi. Asl nusxani aks ettirish tarziga koʻra tafsir, tabdil, sharh kabi koʻrinishlarga ham ega boʻlishi mumkin. Tarjima kdd. davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi oʻzaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu ogʻzaki turi hozirda ham sakdangan.

Ensiklopediya.uz
TARJIMA